SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI O'quv-uslubiy bo'lim » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

O'quv-uslubiy bo'lim





Kaniyazov Suxrap Joldasbaevich

O'quv-uslubiy bo'lim boshlig’i.









+99897-355-50-06
s.qaniyazov-83@umail.uz


   

O’quv-uslubiy bo’lim faoliyati

   O’quv-uslubiy bo’lim filialning tarkibiy bo’limi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi buyruǵi bilan tasdiqlangan oliygoh Nizomi asosida faoliyat ko’rsatadi. O’quv-uslubiy bo’lim o’z faoliyatida filial direktori buyruqlari va ko’rsatmalariga asoslanadi.

    O’quv-uslubiy bo’lim quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • filialning o’quv ishlarini boshqaradi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi o’rnatgan tartibda o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o’quv jarayonini tashkil qiladi;
  • zamon talablariga muvofiq holda o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo’yicha ish olib boradi;
  • fakultetlar o’quv rejasida aks etgan talim maqsadlarini o’rnatadi;
  • zamonaviy baholash usullari, jumladan baholashga asoslangan yozma ish usuli, oǵzaki, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini amaldagi Nizom talablari asosida baholanishini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o’quv uslubiy rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;
  • filial professor-o’qituvchilarining tarkibini va ularni o’quv rejalari va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  • soatbay to’lov asosidagi va o’rindosh o’qituvchilar o’quv yuklamalarini belgilaydi;
  • professor-o’qituvchilar tarkibining zamonaviy va innovatsion tajribalarini o’rganadi va umumlashtiradi;
  • fakultetlarda o’quv jarayonining tashkil qilinishini tekshirib boradi, nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar etiboriga havola etadi;
  • yangi o’quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi;
  • o’quv jarayoni jadvalini ishlab chiqadi va ishchi o’quv rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
  • mashǵulotlar jadvalini tuzishni tashkil etadi va ularni tuzish bo’yicha uslubiy rahbarlik qiladi;
  • filial o’qituvchilarining o’quv soatlarini tahlil qiladi va o’qituvchilarni fakultetlarga taqsimlash bo’yicha takliflar kiritadi;
  • o’quv auditoriyalar fondini fakultetlar orasida taqsimlaydi;
  • o’quv mashǵulotlari yuzasidan joriy dispetcherlik nazoratini olib boradi;
  • kafedra filiallari tuzish ishida qatnashadi;
  • professor-o’qituvchilar tarkibi haqidagi malumotlar bankini tashkil qiladi;
  • O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta mahsus talim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalar amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;
  • kafedralar ish faoliyatini o’rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofiqligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.

    O’quv-uslubiy bo’lim filial direktori tomonidan tayinlanadigan va bo’shatiladigan boshliq tomonidan boshqariladi.


фильмы бесплатно