O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 34 yilligi munosib nishonlandi
"Mard yigitlar - Vatan tayanchi" sport musobaqalari o‘tkazildi
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida "Mardlar - Vatan tayanchi" shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Tanlovning ochilish marosimida direktorning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X. Abdijaliyev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi, jamoalarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Musobaqa davomida talabalar og‘ir atletika, arqon tortish, turnikda tortilish kabi sport turlari bo‘yicha bellashdi. Musobaqalar ko‘tarinki ruhda, qiziqarli va yuqori sport darajasida o‘tdi. Bayram arafasida o‘tkazilgan ushbu tadbir talabalarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 101-guruh jamoasi 1-o‘rinni, masofaviy ta’lim bo‘yicha 502-guruh jamoasi 2-o‘rinni, 3-o‘rinni egalladi.




