SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Ilmiy-tadqiqot faoliyati » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Ilmiy-tadqiqot faoliyati

2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar

1. “Arashan zotli qo'ylarni Orol dengizi qurigan tubida selektsiyasi, akklimatizatsiyasi va undan kelib chiqadigan kasalliklarini davolash, profilaktika qilish” mavzisidagi amaliy loyiha

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.06.2024 yildagi PQ-233-son iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining 1 ilova 4 bob 44 bandiga asoslanib ishlab chiqarilgan.

Arashan zotli qo‘ylarni mahsuldorlik ko‘rsatkichlari juda yuqori. 6-7 oyda qo‘zilarning vazni 55-60, bir yoshda 75-80, katta qo‘chqorlar 175-180 kilogrammga yetadi. Bu chorva fermerlarimiz va aholi uchun qo‘ychilikdan daromadni oshirish uchun keng imkoniyat Ushbu zot Qirg‘izistonda, 2021 yil 15 aprel kuni yangi qo‘y zoti "Arashan" nomi bilan ro‘yxatga olindi. Bizning oldimizga qo‘ygan maqsadimiz ushbu qo‘y zotini Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitiga moslashtirish va duragaylash ishlarini olib borib mahalliy qorako‘l zoti bilan chatishtirish orqali Qoraqalpoq liniyalarini yaratish, akklimitizatsiya natijasida qo‘ylar organizmida bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlarni aniqlab, ular orasida paydo bo‘ladigan kasalliklarni davolash va profilaktika qilish chora tadbirlarini ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi.

Mummoning asosi bo‘lib Arashan qo‘ylari salqin va tog‘ sharoitiga moslashgan zot bo‘lib ushbu zot issiq iqlimli Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitiga moslashishi qiyin kechadi, turli xil kasalliklar kelib chiqadi. Ushbu masalani halqilish maqsadida Arashan zotli qo‘ylarni mahalliy Qorako‘l zotiga chatishtirib yangi liniya yaratmoqchimiz. Yangi liniyaning avzalliklaridan biri go‘sht berish qobiliyatining yuqoriligi bilan tavfsiflanadi

2. “Orolbo'yi mintaqasidagi chorva mollari organizmida og'ir metallarning to'planishi natijasida ulardan olingan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash va tanadagi og'ir metallarni kamaytirishning innovatsion usullari” mavzusidagi amaliy loyiha

Yillar mobaynida Orol dengiziga quyilgan suv o'zi bilan birga Orol dengiziga sanoat chiqindilari va tuproqlardagi og'ir metal tuzlarini olib keldi va dengiz suvi ostida ushbu moddalar to'planib bordi. Dengiz suvining qaytib ketishi o'z navbatida ushbu moddalarning dengizning qurigan sathiga chiqib qolishiga asosiy omil bo'ldi. Natijada ushbu moddalar boshqa tuzlar bilan aralashib qishloq xo'jaligi maydonlariga chang-to'zon shaklida yetib kela boshladi va u yerda yetishtirilayotgan mahsulotlar tarkibida og'ir metal tuzlari insonlar iste'moli natijasida ularning organizmiga kumulyatsiya qilinmoqda. Ayrim tuzlar kantserogen ta'sir qilishi natijasida odamlar orasida rak (havfli o'sma) larni keltirib chiqara boshladi. Bizlar o'z tajribalarimizni hayvonlar organizmida to'planayotgan og'ir metallarning miqdorini va uni bartaraf etish yo'llarini, ushbu moddalarni hayvon organizmidan chiqaribtashlash natijasida oziq-ovqat maxsulotlarining «zararsizlantirish»ni maqsad qilib oldik. Ushbu maqsadga erishish uchun tajribalar yordamida fitoterapiya va etiotrop, patogenetik usullar yordamida organizmdagi zararli og'ir metallar miqdorini minimal darajaga yetkazishni amalga oshiramiz. Loyihamiz mobaynida Orolbo'yi mintaqasida tarqalgan kasalliklarni populyatsiyasining matematik modeli tuzilib bu model orqali prognozlash masalalari ishlab chiqamiz.

3. “Fitoterapiya veterinariya- Yirik shoxli hayvonlarda tugʼriqdan keyingi endometritlarni davolash va oldini olishda iqtisodiy samaradorligi yuqori boʼlgan mahalliy dori vositalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha

Yirik shoxli hayvonlarda tug’riqdan keying kelib chiqadigan endometritlarni davolashda hozirgi davrda sintetik antibiotiklardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu dori vositalari inson oshgozon ichak tizimidagi foydali bakteriyalarga salbiy ta’sir qilib xayvonlar sutidan disbakterioz va allergik kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad sigirlar endometrit kasalligini davolashda va oldini olishda to’liq sintetik antibiotiklardan vos kechish orqali ekologik toza sut olishga erishish, endometritlarni etiologiyasini, subkilinik endometritlarni aniqlash va davolashad dorivor o’simliklarni aniqlash va ulardan foydalanishdan iborat bo‘lib xisoblanadi.

Sigirlarda reproduktiv funktsiyaning buzilishi tez-tez uchraydigan muammo hisoblanadi, bu darhol terapiyani talab qiladi. Bachadon kasalliklari ko'pincha bepushtlikni keltirib chiqaradi. Ulush uchun reproduktiv tizim kasalliklarining umumiy sonining taxminan 55,3% ni tashkil qiladi. Bachadon bo'yni yallig'lanishining etiologiyasi ko'pincha bakterial bo'lib, keyinchalik yallig'lanishning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muolajalar endometriumga yon ta'sir ko'rsatadi, antibiotik qoldiqlari sutda intrauterin va tizimli antibiotik terapiyasidan keyin topiladi. Shuning uchun dorivor o'simliklardan foydalanish sintetik dorilarga yaxshi alternativ hisoblanadi.

4. “Qoraqalpog'istonning sho'rlangan tuproqlariga chidamli va tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydigan Fabaceae oilasiga mansub o'simliklarni yetishtirish va ulardan tibbiyot, qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan dori vositalari uchun biologik faol moddalar ajratib olish” mavzusidagi amaliy loyiha

Qoraqolpog'iston Respublikasi O'rta Osiyoning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, Orol dengizining ta'sirida noqulay tuproq-iqlim sharoitiga ega, ekologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli uning ekstremalligi kuchaygan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022 yil 22-23 fevral' kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan o'simliklar maydonlarini kengaytirish, hududda yerdan foydalanish unumdorligini oshirish, suv tejovchi hamda tuzni kamaytiradigan texnologiyalarni joriy etish bilan birga ilmiy izlanishlarni kengaytirish, viloyat tuprog'iga mos o'simlik navlarini yaratish, to'qayzorlar maydonlarini ko'paytirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Shularni inobatga olgan xolda sho'rlangan tuproqlarda va sho'r suv bilan sug'orish sharoitida biomeliorant o'simliklar sifatida mos keladigan istiqbolli turlar va ekotiplar ustida izlanishlar olib borish, shu bilan birga milliy floraning papulyatsiyasini yaratish va qayta tiqlash va ulardan oqilona foydalanish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. 

Taqdim etilayotgan amaliy loyihaning maqsadi Qoraqalpoqiston Respublikasining sho'rlangan tuproqlariga chidamli va tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydigan, ekstrimal Orol mintaqasi sharoitiga mansub Fabaceae oilasiga kiruvchi biomeliorant o'simliklar: Gleditsia, Halimodendron Fisch. (chingil'di serebristaya), Melilo'tus (donnik lekarstvenniy), Glycyrrhíza (shirinmiya) va boshqalaro'simliklaridan foydalangan xolda onalik ko'chatzorlarni yaratib, milliy floraning papulyatsiyasini qayta tiqlash va ulardan olingan biologik faol moddalar asosida tibbiyot va qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan vositalar yaratishdan iborat. 

Gleditsia (sem. Fabaceae) turkumidagi o'simliklar kuchli ildizga ega bo'lib, ularning o'sishi davrida ildiz tuganaklari tuproqni qisman demineralizatsiya qiladi va ba'zi zararli aralashmalar o'simlikning yer usti qismini o'sishiga  sarf bo'ladi. Bundan tashqari, Gleditsia tuproq qatlamining sho'rlanishiga bardosh beradi, qurg'oqchilikka chidamliligi va sovuqqa chidamliligi bilan ajralib turadi, hamda azotni fiksatsiyalovchi o'simlik hisoblanib, uning guli o'zida ko'p nektar saqlaydi. O'simlik sovuqqa chidamli bo'lib, -30-35°S haroratga bardosh beradi. Meva qobig'ining yumshok kismi shirin ta'mi uchun oziq-ovqat va alkogolli va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqishda va chorvachilikda yem-xashak sifatida  ishlatiladi.. 

Gleditsia triacanthos o'simligining poyasi juda mustahkam bo'lib,tuproqda uzoq vaqt chirimaganligi sababli yog'och sanoatida kulay dekorativ mebellar, ustunlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Uning urug'idan O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan  immunologiya va tsitologiya diagnostikasida qo'llanuvchi “Gledol” reaktiv tibbiyot amaliyotida qo'llanib kelinmoqda.

Shingildi (chingil'di serebristiy) ning mevalari va Melilo'tus yer ustki qismi qish paytida mayda shoxli chorvalar uchun uglevod va oqsilga boy yemish xisoblanadi, Glycyrrhíza (shirinmiya) esa eksportbob dorivor o'simlik xisoblanadi. , Alhagi-arid iqlim xududlar uchun asosiy yom xashak bazasi yaratuvchi oksillarga boy ko'p yillik o'simlik xisoblanadi.

-filialda amaliy va innovatsion xarakterdagi ilmiy-tadqiqotlarni, yangi texnika va texnologiyalar yaratishni qo‘llab-quvatlash;

-ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, yangi texnologiya, ilmiy ishlanmalarni yaratish va ularni chorvachilik hamda veterinariya sohalariga joriy etish;

-tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish orqali filial byudjetdan tashqari hisob raqamiga mablag'lar tushirish;

-filial professor-o‘qituvchi, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarini turli ilmiy tanlovlarga qatnashishi uchun uslubiy yordam berish, ilmiy-texnik axborotga, patent-litsenzion xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;

-filial innovatsion o‘quv-tajriba veterinariya klinikasi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini o‘quv-ilmiy asboblar, jihozlar va boshqa moddiy-ashyolar bilan ta’minlashni tashkillashtirish;

ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilishi.



фильмы бесплатно