SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Talabalar-hayoti » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Talabalar-hayoti

11-fevral - Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Ilmli ayol -barqaror jamiyat sari” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Unda filialda faoliyat yuritayotgan olima ayollar, talaba-qizlar, shuningdek, magistrant va doktorantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ilm-fan sohasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Tadbir jarayonida filialda faoliyat yuritayotgan olima ayollar hamda talaba-qizlar o‘rtasida ilmiy ishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, filialda ilm bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. 

Ilmiy darajaga ega ayol o‘qituvchilarning safi kengayib, ularning ilmiy tadqiqotlardagi faol ishtiroki ham sezilarli ravishda oshmoqda. Olima ayollar o‘zlarining ilmiy yo‘llari, izlanish jarayonidagi qiyinchiliklar va erishilgan yutuqlari haqida so‘zlab, yoshlarga kuchli motivatsiya bag‘ishladilar. 

Talaba-qizlar esa ilm-fan sohasida o‘z o‘rnini topish, innovatsion loyihalarda ishtirok etish va ustozlar tajribasidan samarali foydalanish borasida qimmatli tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Mazkur tadbir Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kunini munosib nishonlash bilan birga, yoshlar hamda olima ayollar o‘rtasidagi ilmiy muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



фильмы бесплатно