Xalqaro aloqalar bo'limi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i VAKANT | ||
![]() ![]() |
Saytda avval 13 chet el oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum, chartnomalar bor edi.
Hozirda ularning soni 15 ga etti.
№ | Xorijiy hamkor | Mamlakat | Hujjatning toliq nomi | Imzolangan sana | Amal qilish muddati | Respublika OTM nomi |
14 | Latviya tabiyiy fanlar va texnologiyalar universiteti | Latviya | Memorandum | 23.02.2022 yil | 5-yil | SamDVMCHB |
15 | Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi | Belarus | Shartnoma | 14.10.2022 yil | 5-yil | SamDVMCHB |
2023 yilda asosiy erishilgan ko‘rsatkichlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasining 2022 yil 11 oktyabr 10/373-sonli xati “ QS World University Rankings ” 1000 talik reytingiga kiruvchi Qozog‘iston Respublikasining Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetining «Mikrobiologiya va virusologiya» kafedrasi professori, veterinariya fanlari nomzodi Miqtibaeva Raya Jaqsigulovna 2022 yil 31-oktyabrdan 6-noyabr kunlari «Veterinariya va oziq ovqat havsizligi» kafedrasining 3-bosqich 60840300- «Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishi» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Veterinariya mikrobiologiyasi va immunologiyasi» fanidan (30 soat) ma’ruza, amaliy, laboratoriya darslarini o‘tdi.
2. O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 30-yanvar №10/34-sonli va 2023 yil 8-fevral
№02/22-51-sonli xatlari asosida 2023 yil 13-17-mart kunlari Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent Mirzakulov Sergali Meymankulovichning «Zooinjeneriya» kafedrasining 3-bosqich 5410600-Zooinjeneriya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Qo‘ychilik va echkichilik» fanidan umumiy 42-soat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
3. “Veterinariya meditsinasi va oziq ovqat havfsizligi” kafedrasi mudiri, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent v.v.b Sh.D.Avazimbetov va kafedra stajyor o‘qituvchisi A.Q.Kalenderovlar Filial direktorining 2023 yil 13-fevral
№01/01-k/4-sonli buyrug‘iga binoan Qozog‘iston Respublikasining Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti “Veterinariya meditsinasi” kafedrasida “Veterinariya akusherligi” fanidan master klass va 144 soatlik malaka oshirish kurslarida muvafaqiyatli o‘qib imtiyozli sertifikatlar bilan taqdirlandi.,
4. Qozog‘iston Respublikasining dunyoning rivojlangan “QS World university Rankings” 1000 talik yuqori o‘rinlarga kiruvchi Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti “Akusher, xirurgiya va reproduktiv biotexnologiya” kafedrasi professori,b.f.n. Usenbekov Esengali Serikovich rahbarligidagi AR-19674808-“Создание генетических паспортов и изучение генетики локальных Казакских пород крупного рогатого скота с исползованием секвенирования” mavzusidagi amaliy loyihasi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha joriy yilning 16-18-avgust kunlari filialda seminar trening o‘tkazildi. b.f.n., professor Usenbekov Esengali Serikovichning “Эффективность использование современных методов диагностики в ветеринарии” mavzusida “Veterinariya meditsinasi va oziq ovqat xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun seminar trening o‘tkazdi.,
5. 2023-2024 o‘quv yilining 11-17-sentyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti “Biologik xavfsizlik” kafedrasi professori, v.f.n. Mavlonov Amangeldi Zamanovichning tashrifi Filialning 3-bosqich 60840300 “Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Patologik anatomiya gavda yorish va veterinariya sud ekspertizasi” fanidan 30 soat ma’ruza darslarini o‘tdi.,
6. Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetida Filialning “Veterinariya meditsinasi va oziq ovqat xavfsizligi” kafedrasi assistenti Xudayarov Rustam Yusupovich 144 soat va Zooinjeneriya kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Aytjanov Rustem Turganbaevichlar hamkorlik memarandum asosida joriy yilning 18-21 sentyabr kunlari 24 soatlik malaka oshirib keldi.,
7. Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo’lim muhandisi Ku’misay Kojambergenova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligining 2022 yil 18-oktyabrdagi 32-22/5900-sonli xatiga muvofiq Yosh olimlarni Eron Islom Respublikasining etakchi xorijiy ilmiy tadqiqotlari va universitetlariga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan o‘tkazilgan birinchi bosqich saralash tanlovida g‘olib bo‘lib 2022 yil 20-oktyabrda ikkinchi bosqichda muvaffaqiyatli o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligining Maxsus ekspert kengashining qaroriga asosan 2023 yil 1-30- oktyabr kunlari oralig’ida Eron Islom Respublikasining Texron shahridagi “Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish markazi” ga 1 oylik qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga bordi va muvafaqiyatli yakunlab tegishli sertifikat bilan taqdirlandi.,
8. Germaniya Davlatining JD-EAST Praktikantenvermittlung dasturi bilan tuzilgan ikki tomonlama memarandumga muvofiq 3-bosqich «Zooinjeneriya» (baliqchilik) yo‘nalishi talabasi Kamalova Ulzada Sadatdinovna JD-EAST Praktikantenvermittlung dasturi bo‘yicha Baliqchilik yo’nalishi bo’yicha bilim va tajribasini oshirish maqsadida 2023-yil avgust oyidan 6 oylik amaliyotni o‘tashmoqda.