Stop korrupciya
Majlisni kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha Veterinariya va zooinjeneriya fakultet dekani A.Kaniyazovochib berdi va olib bordi. O’zbekiston Respublikası Jinoyat Kodeksida ko’rsatilgan (210-modda Pora olish, 211-modda Pora berish, 212-modda Pora olish-berishda vositachilik etish, 168-modda Firibgarlik, yani aldash ishonchni suiistemol qilish yo’li o’zganing mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni qo’lga kiritish) moddalarida ko’rsatilgan javobgarchiliklar to’g’risida yana bir bor tushuntirib o’tdi. 2024-2025-o’quv yilining kuzgi semestri davomida o’tkaziladigan yakuniy nazorat ishlarining to’g’ri va shaffof tarzda olib borilishiga har bir guruh sardori holisona yondoshishini takidlab, korrupsiya har qanday holatda jinoyat ko’rinishida namoyon bo’lishi, mazkur qora illat har doyim salbiy oqibatlarga etaklashi hamda barchamiz hamjihatlikda unga qarshi kurash olib borishimiz kerak ekanligi borasida so’z yuritdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha Filial profilaktika inspektori Kapitan Q.Qaypnazarov so‘zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ekanligini ta’kidlab, bu borada jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek korrupsion xarakatlarda javobgarlik masalasi, antikorrupsion talablarni buzgan oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari raxbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida quyidagi korrupsion xarakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan:
O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish Jk167-modda;
Firibgarlik (Jk 168-modda);
Pora olish (JK 210-modda);
Pora berish (JK 211-modda);
Pora olish-berishda vositachilik qilish (JK 212-modda);
Korrupsiyaviy xolatlar yoki boshqa xuquqbuzarlik sodir etganlik qonun xujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra, muayyan huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq tarzda maxrum etilishi mumkinligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi T.Smaylov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-qaraori bilan tasdiqlangan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar — fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining yoxud davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisi bo’lishidan qa’ttiy nazar pul mukofatlari bilan va korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish — tayyorgarlik ko‘rilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoxud korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq qidiruv e’lon qilingan shaxslarni topishda yordam ko‘rsatgan shaxslar siyliqlanishi haqida aytib oʻtdi.

Shundan song, guruh sardorlaridan kafolat xatlari olinib professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻz manfaatlarini koʻzlab talabalar orasida korrupsiya xolatlariga yoʻl qoʻyib kelayotgan xolatlari aniqlansa darxol shaxsiy telefon raqamimga, kabinetimga kelib xabar qilishini, @Kompleans_nazorat_bot orqali xabar berishi yoki filial hududida joylashgan “Adolat qutilari”ga murojaatlar yoki takliflar bolsa xabar berishlari mumkinligi boʻyicha misollar keltirib guruh sardorlariga aytib tushunchalar berib oʻtdi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha guruh sardorlari oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib ushbu savollariga Veterinariya va zooinjeneriya fakultet dekani A.Kaniyazov, profilaktika inspektori KapitanQ.Qaypnazarov va T.Smaylov tomonidan tegishli tartibda qanoatlantirilib javob berildi.





















