SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Филиал конференциялари » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Филиал конференциялари

  

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 25.04.2025 yilda “Orol boʻyi hududida chorvachilikda innovatsion texnologiyalar va rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi Respublika hamda 13.11.2025 yilda "Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi anjumanlar o‘tkaziladi



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2024 yil 15-noyabr kuni "Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.


Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyasining yalpi majlis kirish so‘zida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori, b.f.d., professor Esimbetov Adilbay Tlepovich, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, v.f.d., professor Jabbarov Shuxrat AbdumajidovichSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, b.f.d., professor Yunusov Xudaynazar BeknazarovichAkademik D.N. Pryanishnikov nomidagi Perm davlat agotexnologiyalar universiteti xalqaro aloqalar va ilmiy-innovatsion ishlari bo‘yicha prorektori, q.x.f.n., dotsent Akmanaev Elmart DanifovichViteb davlat veterinariya meditsina akademiyasi rektori, v.f.n, dotsent Gorlova Olga SergeyevnaQoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish ko‘mitasi raisi Qaypanov Mahmud Tengelovich nutq so‘zladi.

Konferensiyaning yalpi majlisida chorvachilikning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ma’ruzlar tinglandi. Shular jumlasidan Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universiteti “Veterinariya meditsinasi va biotexnologiyasi” kafedrasi mudiri, q.x.f.d., professor Abdurasulov Abdugani Xolmirzayevich “Сохранения и совершенствования генетических ресурсов животных Юга Кыргызстана”, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Zooinjeneriya” kafedrasi professori, q.x.f.d. Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich “Қорақалпоғистон Республикасида қоракўлчиликнинг ҳозирги холати ва истиқболлари, Qozogʻiston Respublikasi Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti “N.V.Bazanova nomidagi hayvonlar biologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi, b.f.n. Jılqıshıbaeva Merwert Malikovna “Cальмонеллезге қарсы вакциналардың әртүрлі штаммдарымен иммунизацияланған бұзау қан сарысуындағы альфа-глобулиндердің көрсеткіштері”, Rossiya Federatsiyasi Krasnoyar davlat agrar universiteti “Qishloq xoʻjalik hayvonlarining ichki yuqumsiz kasalliklariakusherlik va fiziologiyasi” kafedrasi dotsentib.f.n. Fedotova Arina Sergeevna “Влияние субклинических доз трития на гематологические показатели” (online)Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Veterinariya meditsinasi va farmokologiyasi” kafedrasi 70840102 – “Veterinariya jarroxligi” mutaxassisligi I-bosqich magistranti Umirzakov Gʻayratdin Sharibay oʻgʻli “Buzawlarda kindik grijasın xirurgiyalıq jolı menen emlewdıń avzallıqları mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Ushbu xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiyasida mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilayotgan veterinariya va chorvachilik tadqiqotlarining nazariyasi, tajribalari, dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.



"VETERINARIYA MEDITSINASI VA CHORVACHILIKDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI" mavzusidagi Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya fotolavhalari.

   Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2023-jıl 4-iyuldaǵı PQ-200 qararı hám Ózbekstan Respublikası Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrliginiń 2023-jıl 18-yanvaraǵı №16-sanlı “2024-jılda ótkiziliwi rejelestirilgen xalıq aralıq hám Respublika kólemindegi ilimiy hám ilimiy-texnik ilajlar dizimin tastyqlaw haqqında”ǵı buyrıǵında belgilengen Filialda 2024-jıl 15-noyabrde “Veterinariya medicinası hám sharwashılıqtaǵı aktual mashqalalar hám olardıń sheshimleri” atamasındag‘ı Respublikalıq ilimiy hám ilimiy texnik konferenciya ótkeriliwirejelestirilgen.   










«Chorvachilikda innovatsion texnologiyalar va soha istiqbollari» atamasida konferensiya o‘tkazildi
      2023-yilning 15 noyabr kuni Poytaxtimizdagi “Yoshlar markazi”ning majlislar zalida Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan «Chorvachilikda innovatsion texnologiyalar va soha istiqbollari» atamasida Respublika miqyosida ilmiy va ilmiy texnik  konferensiyasi  tashkil etildi.

      Unda Qozog‘iston Respublikasining “ “QS World University Rankings”  500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq-xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo‘mitasi rahbariyati, Veterinariya dori vositalari va ozuqobop qo‘shimchalarining sifat va muomalasi nazorat bo‘yicha davlat ilmiy markazi mutaxassislari, tayanch o‘quv yurtimiz bo‘lgan Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rahbariyati, filial professor-o‘qituvchilari, yosh doktorantlar  va talaba-yoshlar onlayn va offlayn tarzda ishtirok etishdi.
    Tadbirning  hurmatli mehmonlari dutor ohanglari ostida, milliy an'analarimiz asosida non va tuz bilan kutib olindi. Tadbir doirasida sohaga oid  ko‘rgazma tashkil  etildi. Konferensiyani filial direktori, biologiya fanlari doktori, professor A.Esimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirga onlayn tarzda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq-xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, professor Sh.Jabbarov konferensiya ishlariga muvaffaqiyat tiladi va A.Esimbetovning yaqinda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lganligi bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng, tadbirda ishtirok etayotgan professor S.Movlonov qo‘mita rahbariyati nomidan professor ilmiy unvoni diplomini tantanali ravishda A.Esimbetovga topshirdi.
    Konferensiya davomida chorvachilik sohasi bo‘yicha erishilayotgan yutuqlar, sifat va natijadorlikning sezilarli darajada ortib borayotganligi,   tizimda yangicha yondashuv asosida olib borilayotgan  ishlar, chorvadorlar uchun yaratilgan sharoitlar, sohada uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi bo‘yicha atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi va sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ma'ruzachilarning chiqishlari tinglanib, o‘zaro fikr-mulohazalar almashindi. Ishtirokchilar tomonidan  ham savollar berildi va takliflar bildirildi. Tadbir yakunida  faol ishtirok etganlarga tashakkurnoma  topshirildi.   Ushbu konferensiya to‘plamiga Eron Islom Respublikasi va Qozog‘iston Respublikalaridan tezislar kiritildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan konferensiya ishtirokchilari chorvachilik sohasi bo‘yicha to‘laqonli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
фильмы бесплатно