SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Talabalar mustaqil ta'limi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Talabalar mustaqil ta'limi


Oliy talim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil talimini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha

YO’RİQNOMA

I. UMUMİY QOİDALAR

Mazkur yo’riqnoma O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy talim muassasalarida talim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o’rta maxsus talim vazirining 2021 yil 16 iyuldagi “Oliy talimning davlat talim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 311-son buyrug’i asosida ishlab chiqilgan. 

Yo’riqnoma quyidagi umumiy qoidalarga asoslanadi: 

1.1. Talabaning mustaqil talim yuklamasi o’quv rejasida muayyan fanni o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 

1.2. Talabaning mustaqil talimi auditoriya va auditoriyadan tashqarida (o’quv yuklamasida ajratilgan auditoriya soatini inobatga olmagan holda) bevosita o’qituvchi rahbarligida mustaqil ish yoki talabaning fan (modul) bo’yicha mavzularni mustaqil o’qib-o’rganishi tarzida amalga oshiradigan o’quv ishlari majmuini anglatadi. 

1.3. Mustaqil talim – o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ish – o’qituvchining topshirig’i va rahbarligida o’quv vazifasini hal etadigan talimning faol metodi. Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o’z vaqtida va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir. 

1.4. Mustaqil ish turi va shakli muayyan talim yo’nalishi (mutaxassislik) hamda fan (modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 

1.5. Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish topshiriqlari va ularni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan dastur (Sillabus)da o’z aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o’quv topshiriqlari variativ tavsifga ega bo’lishi tavsiya etiladi. 

1.6. Fan (modul) bo’yicha mustaqil talimga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi ko’zda tutilgan o’quv birligi hajmi (kredit) masul kafedra muhokamasidan o’tkazilishi, yig’ilish qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o’qituvchi tomonidan tuzilgan Sillabusda mustaqil ish shakli va turi mazkur hajm (kredit)ga mos kelishi lozim. 

1.7. Didaktik jarayonlarni jadallashtirish, talabalarning mustaqil talim olish samaradorligini oshirish maqsadida o’quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari va fan masullari tomonidan mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi bo’yicha davriy ravishda (shu jumladan, kredit haftaligi doirasida) o’quv seminarlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq. 

1.8. Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qatiy belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o’tkazib yuborgan talabaning o’quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan o’rganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o’tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin. 

1.9. Mustaqil talim bo’yicha o’quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi yoki shartli ravishda topshirish muddati belgilanadi. 

1.10. Fan (modul) bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 1/2 qismi mustaqil o’qib-o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzular va adabiyotlar asosida tuzilishi tavsiya etiladi. 

1.11. Fan (modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil ishlari nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan fan dastur (Sillabus)da ko’rsatilgan kontakt soatida offlayn yoki onlayn tarzda bir yoki ikki marotaba maslahat olishi mumkin. 

1.12. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya etishi (plagiatga yo’l qo’ymaslik, professor-o’qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda bo’lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, masuliyatlilik) shart. 

1.13. Fan (modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega bo’lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash (kooperativlik)ga mo’ljallangan bo’lishi kerak. 

1.14. Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish topshiriqlari fan (modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt byudjetini inobatga olgan holda belgilanishi lozim. 

1.15. Talaba tomonidan elektron tizim (platforma)ga yuklangan mustaqil ish topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o’qituvchi tomonidan tekshirilishi va natijasi talabaga malum qilinishi shart. 

1.16. Mustaqil talim natijalarini baholash fan (modul)ning umumiy baholash (100 ballik) tizimida aks ettiriladi va fan dastur (Sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball aniq ko’rsatib qo’yiladi. 

1.17. O’qishi ko’chirilgan yoki tiklangan talabalar o’zlashtirilmagan fan (modul)larni qayta o’qish tartibida o’zlashtiradi. İstisno tariqasida, fanning semestrdagi yuklamasi 6 (olti) kreditdan oshmaydigan akademik 

farqli fan (modul)lar talabaning arizasiga ko’ra va dekan roziligi bilan 100% mustaqil talim shaklida o’zlashtirilishi mumkin. 

II. TALABALAR MUSTAQIL TALIMINI TASHKIL ETISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

2.1. Talabalarning mustaqil talimni tashkil etishdan asosiy maqsad fan (modul) bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetentsiyalarini shakllantirishdan iboratdir. 

2.2. Talabalarning mustaqil talimini tashkil etish quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilishi lozim: 

- talabalarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetentsiyalarni egallash maqsadi bilan bog’liqlikda mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirish; 

- bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo’larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash; 

- talabalarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish; 

- talim oluvchilarda bilim olishga doir masuliyatni oshirish; 

- talabalarda umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon berish; 

- talim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish. 

III. TALABALARNİNG MUSTAQİL TALİMİNİ TASHKIL ETISH JARAYONİNİ BOSHQARISH

3.1. Talabalarning mustaqil talimini tashkil etish jarayonini boshqarishga o’quv-uslubiy boshqarma, dekanat (registrator ofis), kafedra bevosita masuldir. Talim sifatini nazorat qilish bo’limi esa, mazkur jarayonni monitoring qilish vakolatiga egadir. 

3.2. Mustaqil talim jarayonini tashkil etishda o’quv-uslubiy boshqarma quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

- o’quv rejalarida mustaqil talim uchun ajratilgan kreditlarning to’g’ri taqsimlanishini amalga oshirish; 

- fan (modul)lar bo’yicha tuzilgan fan dasturi (Sillabus)da mustaqil talimni tashkil etishga doir uslubiy ko’rsatmalar hamda namuna tarzidagi mustaqil o’qib-o’rganish uchun mavzularning aniq aks ettirilishini nazorat qilish; 

- talabalar mustaqil talimini tashkil etish jarayonlarining borishi, mustaqil ish topshiriqlari va uning belgilangan talablarga mos bajarilishini muntazam o’rganib borish; 

- talabalar mustaqil o’quv faoliyati natijalarining elektron tizimda qayd etib borilishi monitoringini yuritish. 

3.3. Dekanat (registrator ofis) tomonidan talabalarning mustaqil talimini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim: 

- talim yo’nalishlari (mutaxassisliklar)da talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. Jumladan, professor-o’qituvchi va talabalarning hamkorlikda ishlashi, kontakt soatlari uchun alohida auditoriya ajratish, mustaqil ishlarni topshirish va baholash grafiklarini ishlab chiqish tavsiya etiladi; 

- talabalar mustaqil ishlarining bajarilishini elektron tizim orqali monitoring qilib borish, o’quv-uslubiy boshqarmaga belgilangan muddatlarda malumotnoma taqdim etish; 

- mustaqil ish natijalarining o’rnatilgan tartibda qayd etilishini nazorat qilish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish; 

- mustaqil ish natijalari yuzasidan professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi nizolarning oldini olish hamda moderatsiya texnologiyasini qo’llash; 

- talim yo’nalishlari (mutaxassisliklar)dan kelib chiqib mustaqil talimni amalga oshirish holati bo’yicha oraliq muddatlarda talabalar o’rtasida onlayn so’rovlar o’tkazish va tezkor choralar ko’rish. 

3.4. Kafedra tomonidan talabalarning mustaqil talimini tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida etibor qaratish talab qilinadi: 

- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni shakllantirish va kafedra yig’ilishi (metodik birlashmasi)da muhokama qilish; 

- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganishga doir mavzularni o’quv dasturlarida to’g’ri va aniq aks ettirish; 

- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil talimga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi ko’zda tutilgan o’quv birligi hajmi (kredit)ni belgilash va kafedra yig’ilishida tasdiqlash; 

- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ish turlari va shaklini belgilash hamda fan dastur (Sillabus)da aks ettirish; 

- mustaqil ish uchun ajratilgan ballarni 5 baholik mezon (100 ballik tizimi) doirasida belgilash, ballarni ish turlari bo’yicha taqsimlash; 

- kafedra yig’ilishlarida fan (modul)lar bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini muhokama qilib borish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish. 

IV. MUSTAQİL TALİMNİ AMALGA OSHIRISHGA DOİR PROFESSOR-O’QITUVCHI HAMDA TALABALARNİNG VAZİFA VA MAJBURIYATLARI

4.1. Talabalarning mustaqil talimini tashkil etishda professor-o’qituvchilar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim: 

- fan (modul) bo’yicha fan dastur (Sillabus)da o’quv rejasida ko’zda tutilgan kredit(soat)ga muvofiq mustaqil o’qib-o’rganish uchun mavzular va mustaqil ish topshiriqlarini aniq aks ettirish; 

- mustaqil ishlar va topshiriqlarning aqliy faoliyat (tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish)ni taqozo etishini taminlashi; 

- fan dastur (Sillabus)da mustaqil o’qib-o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni o’zlashtirish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga doir metodik ko’rsatmalar, baholash mezonlari va muddati, maslahat olish uchun kontakt soatlarini ko’rsatib qo’yishi; 

- fan (modul) bo’yicha talabalarning kichik guruhlardagi hamkorlik faoliyatini tashkil etish hamda jamoada ishlash natijalari bo’yicha so’rovlar o’tkazish. Mazkur jihat talabalarning hamkorlikdagi ishlari natijalarini baholashda hisobga olinishi; 

- kurs ishi mavzulari bankini tuzishda mustaqil talim mazmunini ham aks ettirishi; 

- oraliq va yakuniy nazorat savollarini tuzishda mustaqil talim uchun tavsiya etilgan mavzularni ham nazarda tutishi; 

- mustaqil ish topshiriqlarining bajarilishini elektron tizim (platforma) orqali nazorat qilib borishi, tekshirishi va baholashi, natijalarni o’z vaqtida talabalarga etkazishi. Kichik guruhlarda hamkorlikda bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotini o’tkazishi, kongruentlik (“hozir va shu erda”) tamoyiliga rioya qilgan holda, talabalarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashtirishi va natijalarini elon qilishi; 

- professor-o’qituvchi fan dasturi (Sillabus)da belgilangan kontakt vaqtida mustaqil ish bo’yicha talaba murojaati asosida maslahat va amaliy tavsiyalar berib borishini nazorat qilishi; 

- talabalarning mustaqil o’zlashtirishlari uchun qo’shimcha o’quv materiallari, ularning mazmuniga doir mustaqil ish mavzulari va topshiriqlar tayyorlashi hamda talabalarga ularni bajarishlari uchun tegishli ko’rsatmalar berib borishi. 

4.2. Mustaqil o’qib-o’rganish va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda talabalar quyidagi vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishi lozim: 

- fan (modul)lar bo’yicha mustaqil o’qib-o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzularni to’liq o’zlashtirishi va mustaqil ish topshiriqlarini belgilangan muddatlarda sifatli tarzda taqdim etishi; 

- mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda plagiat (ko’chirmakashlik)ga yo’l qo’ymasligi; 

- mustaqil ish topshiriqlarini bajarishga kreativ yondashishi, mustaqil, tanqidiy va innovatsion fikrlash, axborotlar bilan ishlash kompetentligiga ega bo’lishi, o’z-o’zini rivojlantirishga intilishi; 

- kichik guruhlarda hamkorlikdagi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda jamoaning umumiy maqsadiga mos harakat qilishi, o’ziga 

yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishi, jamoada ishlay olish kompetentsiyasini o’zlashtirishi. 

Mustaqil ishga qo’yilgan baho (ballar) bo’yicha etirozlar bo’lgan taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to’rt) soat (1 sutka) davomida dekanat (registrator ofis)ga elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin;. 

V. MUSTAQİL TALİMNİ TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARİ

5.1. Talabalarning mustaqil talimi quyidagi turlarda tashkil etilishi lozim: 

- auditoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish; 

- auditoriyadan tashqari vaqtda mustaqil ish topshiriqlarini bajarish; 

- fan (modul) bo’yicha mavzularni mustaqil ravishda Axborot-resurs markazlari, uyi (talabalar turar joylari)da o’qib-o’rganish. 

5.2. Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 

- maruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish; 

- seminar-konferentsiyalarga tayyorgarlik ko’rish; 

- kollokviumlarga tayyorgarlik ko’rish; 

- ko’p so’raladigan savollar (FAQ-frequently asked questions) orqali o’zini qiziqtirgan muammolarga o’rgatuvchi dasturlar vositasida javob izlash; 

- forumlarda ishtirok etish – fan mavzulari bo’yicha telegram kanallari yoki masofaviy talim platformalarida fikr almashish; 

- veb-kvest – o’rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan (modul)ga oid bilimlarini mustahkamlash; 

- nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rish; 

- sinov (zachyot)ga tayyorgarlik ko’rish; 

- imtihonga tayyorgarlik ko’rish. 

5.3. Auditoriyadan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi: 

- dolzarb mavzu bo’yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlar (masalan, esse)da yozma bayon qilish; 

- maruzalar tayyorlash; 

- kurs ishi yozish; 

- konspekt yozish; 

- glossariy tuzish; 

- individual va jamoaviy o’quv loyihasi tuzish; 

- keys-topshiriqlarini bajarish; 

- mavzuli portfoliolar tuzish; 

- axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash; 

- manbalar bilan ishlash; 

- infografika tuzish; 

- chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish; 

- multimediali taqdimotlar yaratish; 

- darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash; 

- darsdan tashqari mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash; 

Talim yo’nalishi (mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin. 

Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi: 

1. Tarmoqdan axborot izlash – veb-brauzer, malumlotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-malumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish. 

Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar kiradi: mavzu bilan bog’liq saytlarga taqriz yozish; malum mavzuga doir tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash; maruza rejasiga doir o’z variantini yoki uning malum bir qismini yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish; amaliy mashg’ulotlardan lavha tayyorlash; mavzuga doir maruza tayyorlash; mavzuga doir munozara o’tkazish; professor-o’qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan veb-kvestda ishlash. 

2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish – elektron pochta, sinxron telekonferentsiyalardan foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko’rinishda tashkil etish mumkin: o’tkazilgan yoki o’tkazilishi ko’zda tutilgan maruzalarni muhokama qilish; mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferentsiya (chat)da muloqotni amalga oshirish. 

3. Tematik veb-sahifa, veb-kvest (topshiriq)lar yaratish – html-muharriri, veb-brauzer, grafik muharrirlardan foydalanish. Tematik veb-sahifa, veb-kvest (topshiriq)lar yaratishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni joylashtirish; mavzuga doir adabiyotlar ro’yxatini chop etish; indiviudal va kichik guruhlarda ishlashga doir mavzuli veb-sahifalarni yaratish; mavzu bo’yicha ishlash uchun veb-kvestlar yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish. 

VI. TALABALAR MUSTAQİL İSHLARINI BAHOLASHNING UMUMİY MEZONLARİ

6.1. Talabalar mustaqil talimini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. 

6.2. Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarining baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi. 

6.3. Talabalarning fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddat (deadline)ga muvofiq amalga oshiriladi. 

6.4. Mustaqil ishga qo’yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasligi lozim. 

6.5. Talaba(lar)ning fan (modul) bo’yicha mustaqil talim natijalari elektron platformaga butun sonlar bilan qayd qilinadi. 

6.6. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha o’zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig’ilishlarida hamda har o’quv yilida kamida ikki marta fakultet İlmiy Kengashida muhokama etib boriladi. 

VII. YAKUNIY QİSM

7.1. Mazkur yo’riqnoma universitet Kengashida tasdiqlanib, imzolanganidan so’ng amaliyotga joriy etiladi. 

7.2. Yo’riqnomaga ayrim tuzatish va o’zgartirishlar kiritib borish mumkin. 

фильмы бесплатно