SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali

Xotin qizlar masalalari bo'yicha direktor maslahatchisi

Dawletova Zamira






Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti 2019-yilning fevral oyida tashkil qilindi.
Xotin-qizlar qo'mitasining eng asosiy bo'g‘ini - Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti hisoblanadi.
Boshlang‘ich tashkilot o'z a'zolari orasidan ijtimoiy sohada mehnat qiluvchi rais va uning muovinlarini saylaydi. Boshlang‘ich tashkilotlar ijtimoiy sohada, ya'ni ish haqi belgilanmagan, o'quv yurtining korxona va tashkilotlarning ichki imkoniyatlari hisobidan yoki o'quv yurti, korxona, tashkilot rahbarlarining xotin-qizlarga bo‘lgan e'tiboriga muvofiq ish haqi belgilanadi va ish olib boradi. Boshlang‘ich tashkilot o'z faoliyatini O‘zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasining Qonuniga asosan amalga oshiradi. Boshlang‘ich tashkilotning faoliyatiga O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasining XXXIX Rayosati Qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati" haqidagi Qonun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
1.Boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasining Qonuniy vazifalari quyidagilar:
Xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini oshirish.
Xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy- iqtisodiy sharoitini yaxshilash, huquq va manfaatlarini himoya qilish.Milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash.Yoshlarni ma'naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va mamlakat ravnaqi yo'lida o'z kuchini ayamaydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
2.Boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti olib boradigan ishlarning asosiy yo‘nalishlari.
Xotin-qizlarning jamiyatda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalar va mehnat turlaridagi faolligini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minot ishlarini olib borish;
Xotin-qizlar o‘rtasida ma'naviy- ma'rifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda turli tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, anjumanlar o‘tkazish;
Xotin-qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, ma'naviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, huquqiy madaniyatini oshirib borish;
"Qobiliyatli qizlar" to'garagi faoliyatini yo'lga qo'yish, iqtidorli, qobiliyatli, qizlarni "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya qilishda ishtirok etish;
Oilada sog'lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq bo'lish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, munosib madaniy hordiq chiqarishini ta'minlash;
Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm, missionerlik g'oyalarining tarqalishining oldini olish, millliy- diniy an'analarni to‘g‘ri targ‘ib qilish;
Xotin-qizlar o‘rtasida xalqimiz ma'naviyatiga, turmush tarziga yot bo‘lgan huquq buzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, o‘z joniga qasd qilish kabi noxush holatlarning oldini olish;
Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, yolg‘iz yashaydigan ayollarga yordam berish.

фильмы бесплатно