Konferentsiya
AXBOROT XATI SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI "Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman | |||||||
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH QOʻMITASI SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Mualliflik badali har bir maqola uchun 150 000 soʻm miqdorida belgilangan boʻlib Google scholar bazalarida indekslanadi. To'lov maqola qabul qilinganligi to'g'risidagi xabardan keyin amalga oshiriladi. To'lovni Payme yoki Click to'lov vositalari orqali karta raqamlariga yuborish mumkin. Anjuman offline va online tarzda o'tkaziladi. Humo: 9860 2601 1450 0838 Manzil: 230100, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shaxri, A.Utepov ko'chasi 31-uy MUROJAAT UCHUN TELEFONLAR: Mambetnazarov Amangeldi (99891) 306-82-70 (99893) 256-51-82 | 2024 yil 15-noyabr kuni "Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida xalqaro ilmiy va ilmiy texnik anjuman oʻtkaziladi. Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman quyidagi yoʻnalishlar bo'yicha olib boriladi: 1-shoʻba: Veterinariya meditsinasining dolzarb muammolari va yutuqlari. 2-shoʻba: Сhorvachilikda nasilchilik ishi va oziqlantirish; 3-shoʻba: Yaylovshunoslik; 4-shoʻba: Сhorvachilikda biologiyaning (morfo-fiziologiya, biokimiyo va biotexnologiya) dolzarb muammolari; 5-shoʻba: Сhorvachilik sohasida olib borilayotgan islohotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari; Xalqaro anjumanining rasmiy tillari o'zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq. Anjumanda ishtirok etishni maqolalar hajm 4-sahifadan kam bo'lmasligi va puxta tahrirlangan materiallarini anjuman to'plamida chop ettirish uchun 2024 yil 1-noyabrgacha E-mail: sdvunf_conference@mail.ru yoki https://t.me/konfnukus manzilga, elektron ko'rinishda taqdim etishlaringizni so'raymiz. Muddatdan kechikib taqdim etilgan va talablarga javob bermaydigan maqolalar chop qilinmaydi. Ma'ruzalarni rasmiylashtirishga doir talablar: 1. Ma'ruzalar matni o'zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qabul qilinadi va materiallar o'rtacha 3-5 betdan iborat bo'lishi lozim. 2. Ma'ruzalar matni A4 o'lchamdagi qog'ozda, Microsoft Word (docx shaklida) dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda qator oralari 1,5 interval, 14 shriftda, chap, oʻng, yuqori va pastki chegaralari 20 mm boʻlishi lozim. Sahifalar raqamlanmaydi, so'zlar qatorlarga ko'chirilmaydi. 3. Ma'ruzalar matnining birinchi qatorida chap chegaradan katta harflar bilan 1 intervalda ma’ruza nomi, keyingi qatorda kichik harflarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi, ma’ruza jo'natiladigan shoʻba nomi yoziladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ma'ruza oxirida keltiriladi. 4. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar va faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar. Maqola matnida adabiyotlarga iqtiboslar kvadrat qavs shaklida boʻlishi shart [1] Maqoladagi rasmlar va diagrammalar 10x15sm o'lchamda sifatli bo'lishi shart. Maqola fayli nomi muallifning familiyasi va shoʻba raqami bilan nomlanishi lozim. 5. Bir muallifdan yuborilgan ma’ruzalar matni soni ikkitadan oshmasligi lozim. Ma'ruzalar matni va tezislarda keltirilgan ma'lumotlarga muallifning shaxsan o'zi javobgar hisoblanadi. 6. Filialga yuborilgan ma'ruzalar matni va tezislarni tahlil qilish huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos boʻlmagan, talablarga javob bermaydigan va kechikib jo'natilgan ma'ruzalar matni va tezislar chop etilmaydi, qoʻlyozmalari qaytarilmaydi. 7. Taqdim qilingan va toʻlov amalga oshirilgan ma’ruza va tezislar Google scholar bazalarida indekslanadi hamda SamDVMChBU Nukus filiali rasmiy sayti (https://sdvunf.uz) da to'plam shaklida e'lon qilinishi, nashr etilishi va ishtiroqchilarga taqdim etish rejalashtirilmoqda. Anjuman offline va online tarzda o'tkaziladi. |
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetitamonidan joriy yilning 22-23 fevral kunlari “OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI: GLOBAL VA MILLIY MUAMMOLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi va shu konferentsiyaga Filialimiz professor-o’qituvchilari, tayanch doktoranlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar onlain qatnashdi.