Kompyuter savotxonligi
📢 DIQQAT, IQTIDORLI YOSHLAR!
💻 Xalqaro olimpiada, tanlov va musobaqalarda ishtirok etishni istaysizmi?
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-martdagi 104-F-son Farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni nufuzli xalqaro olimpiada, tanlov va musobaqalarga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishga intiluvchi, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishni istagan talabalarni faol bo‘lishga chorlaymiz!
✅ Xalqaro olimpiada va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalaning!
✅ O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantiring!
✅ Innovatsion g‘oyalaringizni ilgari suring va yutuqlaringizni namoyon eting!
✅ O‘z tengdoshlaringiz bilan tajriba almashing va yangi marralar sari intiling!
Unutmang: bugungi intilish — ertangi muvaffaqiyat poydevori!
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Nukus filiali “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasida navbatdagi “Dasturlash tillari va ularning turlari” mavzusida “Kompyuter savodxonligi” to‘garagi o‘tkazildi.
To‘garakni “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R. Abdullayev olib bordi. To‘garak davomida ishtirokchilarga bugungi kunda eng yuqori talabga ega zamonaviy IT sohasi, jumladan Python, C++, Java, jаvascript kabi keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning keng imkoniyatlari hamda qo‘llanilish sohalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, to‘garak davomida ishtirokchilar bilan birgalikda fikr almashuvlar va munozaralar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

To‘garakni o‘tkazishdan asosiy maqsad – talabalarning zamonaviy dasturlash tillari bo‘yicha bilimlarini kengaytirish, ularni raqamli texnologiyalar bilan ishlashga yo‘naltirish hamda IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.





