Filial kasaba uyushmasi
Boshlang’ich tashkilot o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, ”Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi, “Mehnatni muhofoza qilish to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida”gi va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa Qonunlar, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va tarmoq kasaba uyushmalari Ustavlari hamda mazkur Nizomga muvofiq ish boradi.
2. insonning manaviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo’lgan bo’sh ish vaqtni ko’paytirish va undan oqilona foydalanishga;
3. mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va meyorlariga rioya etilishiga;
4. ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
5. davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy- iqtisodiy va manaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa meyoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;
6. mexnatga haq to’lashning ijtimoiy adolatli tizimni joriy etilishiga;
Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari vavazifalari:
- kasaba uyushmasiga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi, hamda a’zolik badallarini to’lab boruvchi xodim va talaba Kasaba uyushma a’zosi bo’la oladi;
- mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qatiy nazar davlat, sud va xo’jalik organlarida Kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo’lishi;
- kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;
- kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o’z fikrini erkin bayon qilish, o’z faoliyatini va hulq-atvoriga taalluqli masala ko’rib chiqilayotgan majlislar,yig’ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;
- yuqori Kasaba uyushmasi qo’mitalariga murojat etish;
- kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, dam olish bazalari, bolalar sog’lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo’yicha yo’llanmalar olish.
Kasaba uyushma qo’mitasi filial mamuriyati bilan kelishilgan
holda quyida keltirilgan qarorlarni qarab chiqadi,
muhokama etadi va qabul qilishga rozi bo’ladi:
- Mehnat sharoitini, mehnat xavfsizligi va muhofazasini yaxshilash;
- Filial xodimlarining ish bilan band bo’lishi hamda ular uchun ijtimoiy imtiyozlarning kafolatlanishi;
- Ishchi-xodimlar h’amda talabalarni rag’batlantirish va mukofotlash;
- Filial vakolatlari doirasida ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi boshqa muammolar bo’yicha birgalikda kelishilgan qarorlar qabul qilish;
- Professor – o’qituvchi va ishchi - xodimlarga respublikamizda sanatoriyalarda dam olish uchun beriladigan imtiyozli yo’llanmalar ajratish.
Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar:
Kasaba uyushma qo’mitasi ish faoliyati davrida Filialning kam taminlangan ishchi - xodimlari hamda talabalari o’rganib borilib, ularga Filial rahbariyati bilan kelishilgan holda, moddiy rag’batlantirish amalga oshirilib kelinadi. Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan Filialning kam taminlangan oila farzandlari bo’lgan talabalarga o’quv bo’limi tavsiyasi bilan moddiy yordam ko’rsatiladi.
Filialda kasaba uyushma qo’mitasi ishchi – xodimlarni ijtimoiy
himoya qilish maqsadida quyidagi ishlarni nazorat qilib boradi:
- Ishchi – xodimlarning ijtimoiy himoyasi;
- Mehnat intizomi;
- Mehnat muxofazasi va mehnat sharoitlarini yaratish;
- Ishchi – xodimlarning ish haqi va ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’i nazorat qilinishi;
- Ish haqi va avanslarni o’z vaqtida berib borish;
- Qishki – kuzgi mavsumga tayyorgarlik ko’rish;
- Talabalarni asossiz Filialdan chetlashtirish;
- Jamoa shartnomasining choraklar bo’yicha bajarilishi;
- Ishchi – xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
- Manaviy va marifiy islohotlarni chuqurlashtirish.
Kasaba uyushma qo’mitasi ishchi – xodimlarni mehnat intizomiga rioya qilish maqsadida ularga qo’mita faollari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib boriladi va paydo bo’lgan savollarga o’z joyida javob beriladi..
Ishchi – xodimlarning oylik maoshlari va avanslarini o’z vaqtida berilishi nazorat qilinadi
Xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida badiiy havaskorlikni yanada rivojlanishiga har taraflama yordam ko’rsatib,ularniing bo’sh vaqtlarini sermazmun o’tkazib,tarixiy yodgorliklar mavjud bo’lgan respublikamizning qadimiy shaharlariga sayohatlar uyushtiradilar.
Bugingi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamdagi islohotlar mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini Filial professor-o’qituvchi, ishchi-xodim va talabalariga atroflicha tushuntirish maqsadida doimiy ravishda «Manaviyat soatlari»ni o’tkazib boradilar.
Yoshlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash,ularni turli yot diniy-ekstremistik oqimlar tasiriga tushib qolishlaridan, zararli odatlarga berilib ketishlaridan muhofaza qilish maqsadida davlat va huquq-tartibot organlari, respublikada faoliyat ko’rsatayotgan jamoat tashkilotlari hamda jamg’armalar bilan hamkorlikta axloqiy-tarbiyaviy mavzularda davra suhbatlari,uchrashuvlar tashkil qilinadi.
Xodimga sanatoriya yo’llanmalari uchun
tayyorlanadigan hujjatlar
1. Sanatoriyaga boruvchi xodimning pasport nusxasi
2. Sanatoriyaga boruvchi xodimning mehnat daftarchasidan nusxa
3. Sanatoriyaga boruvchi xodimning mehnat dam olishiga chiqqan to’g’risidagi
farmoyish nusxasi
4. Profkom ishonchnomasi sanatoriya yo’llanmasin olish uchun
5. Profkomning bayonnomasi xodimga yo’llanma ajratish haqidagi
6. Xodimning profkomga sanatoriyaga yo’llanma ajratishni so'rab yozgan arzasining nusxasi
7. Xodimning sanatoriyaga yo’llanma olish uchun maxalliy poliklinikadan olgan 2-nafar tibbiy ko’rik ma’lumotnomasi bittasi sanatoriyaga yo’llanma olish uchun MED SPRAVKA, ikkinchisi Sanatoriyaga olib ketish uchun SANATORNO- KURORTNIY KARTA
8. Sanatoriyaga boruvchi xodim tarafidan Sanatoriyaga yo’llanma
bahosining 45 foizini bank orqali to'lagan kvitanciyasi
9. Sanatoriyaga boruvchi xodimning sanatoriyaga ketmasdan muqaddam 3- kun oldin ya'ni 72 soat ichida tumanlik yoki shaharlik Sonepedstanciyadan (Rayses yoki Gorses) ten olgan PZR (PCR) test yakunin boradigan sanatoriyasına sanatoriyaga yo’llanma bilan birga olib ketadi
Xodimning olgan sanatoriya yo’llanmasining 45% foizini
bank orqali o'tkazadigan HISOB RAQAMI
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Qoraqalpog'iston Kengashi
Hisob raqami :20212000300538352006
INN 200357737
MFO 00621
AKIB «Ipoteka bank» Nukus shahri
(Bankte kvitantsiyaga yoziladi Misol uchun Po'rtanaov Berdibay Zaytovichtiń «qaysı sanatoriya bo'lsa o'sha sanatoriya ismi kabichka ichiga yoziladi »(№ sanatoriya yo’llanmasining raqami qo'yiladi ) 45 % to'lovi