Talabalar turar joylari
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti Nukus filialitalabalar turar joyi haqida
MA’LUMOT
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 1 ta Talabalar turar joyi mavjud. TTJ – 50 ta о‘rin sig‘imiga ega. TTJlarga 2 yaruslik krovatlarni о‘rnatish natijasida qо‘shimcha 27 ta qо‘shimcha о‘rin yaratilib, hozirda TTJning umumiy sig‘imi 77 ta о‘rinni tashkil etadi.
Talabalar turar joyidagi yashash xonalari zarur jihozlar bilan to’liq ta’minlangan. Talabalar turar joyi binosida kommunikatsiya tarmoqlari (sovuq va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr energiyasi, issiqlik tizimi, tabiiy gaz) mavjud. Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunda TTJda shtat asosida 1 nafar pedagog-tarbiyachi, 1 nafar komendant, 2 nafar xo’jalik ishlari boyicha texnik xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Filialda 2024-2025 o’quv yilida bakalavr yo’nalishida 77 nafar talaba-yoshlar filial talabalar turar joyida istiqomat qilmoqda.
Talabalar turar joyi ma’naviy-ma’rifiy rejasida belgilangan tarbiyaviy tadbirlar, tashkiliy-amaliy ishlar filialning Man’naviyat va ma’rifat bo’limi, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti, Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, tyutorlar, kasaba uyushmasi, pedagog tarbiyachilar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Talabalar turar joyi binosining kirish-chiqish ustidan qat’iy nazorat o’rnatilgan. Kiruvchi-chiquvchilarni ruyxatga olish jurnallari, professor-o’qituvchilarning navbatchiligini qayd etish jurnallari, navbatchilikning qanday o’tganligi haqidagi ma’lumotlar jurnallari hamda TTJ ichkarisi va hududini 3 ta doimiy ravishda nazoratga oluvchi video kuzatuv kameralari o’rnatilgan.
Professor-o’qituvchilar va texnik xodimlardan iborat har kuni soat 20:00dan 07:00 gacha navbatchilik tashkil etilgan.
Talabalar turar joyida ma’naviyat va ma’rifat xonasi, o’quv xonasi, tarbiyachilar xonasi, oshxona, kir yuvish xonasi, 2 ta yuvinish xonasi tashkil etilgan va sanitariya holatiga javob beradi.
TTJda talabalarning bo’sh vaqtlarini sermazmun o’tkazish maqsadida filialda 5 ta tashabbusni o’zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va sport to’garaklari tashkil etilgan.
Filial TTJda kirish joyida talabalarning besh tashabbus bо‘yicha «Quvnoqlar va zukkolar»,«Talabalar teatr studiyasi», sport musobaqalari, kiber sportda, kitobxonlik va qizlarning qо‘l hunarlari, pazandaligi bо‘yicha ishtirok etgan musobaqa, tadbirlardagi foto lavhalari aks etgan stend ishlangan.
Filial TTJda yuqori tezlikdagi internet tarmog’i bilan taminlanib, elektr ta'minoti to'liq quyosh panellari orqali yetkazib beriladi va isitish qozonlari qo’shimcha tarzda ko’mir bilan isitishga moslashtirilgan.