SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Filial Kengashi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Filial Kengashi

      Filial Kengashi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi 487-son buyrug‘ı bilan  tasdiqlangan  “Oliy  ta’lim  muassasalarining Ilmiy  kengashi  haqida”gi  Namunaviy  nizomi  asosida  Samarqand  veterinariya  meditsinasi instituti Nukus filialida asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun direktor raisligida Filial kengashi tashkil qilingan.
      FilialKengashining maqsad va vazifalari
Filial kengashining maqsadi –filial jamoasi say-intellektual  salohiyati  va harakatlarini,  boshqa  barcha  imkoniyatlarini  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi  qonunlarida belgilangan vazifalarningbajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka,      ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat.
     Filial Kengashi:
  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;
  • Filialning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, veterinariya texnikumi faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek, marketing xizmati xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
  • ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;
  • filial rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; 
  • fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;
  • “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;
  • professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;
  • ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;
  • ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;
  • doktoranturaga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;
  • iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tajriba orttirishga tavsiya etadi;
  • filial iqtidorli talabalari va doktorantlari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;
  • “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha rejalar ishlab chiqadi;
  • asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
  • oliy ta’lim muassasasi talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.
    Filialda Kengash faoliyatining tashkil qilinishi
    Filialkengashi o‘z faoliyatini har o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshirib kelmoqda. Filialning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan, professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan Kengash tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirokida qabul qilinmoqda.
Kengash majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Kengash raisi va Kengash kotibi tomonidan imzolanib borilmoqda. Kengash qarorlarining ijrosi Kengash raisi, ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinmoqda.
Bugungi kunda filial kengashida 25 a’zo faoliyat yuritmoqda. 
   Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Kengash a’zolari

F.A.A.

Asosiy ish lavozimi 

Ilmiy daraja va umvoni

1

Esimbetov Adilbay Tlepovich

SamMVMShBU NF direktorı, Filial Kengash raisi

B.i.d., professor

2

Saparov Alisher Abduqahor o’g’li 

Ózbekstan Respublikası Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasining innovatsiya ishlari, fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i, a’zo

B.f.b.f.d. (PhD)

3

Elmurodov Abdugani Aktomovich

SamMVMShBU Oquv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, a’zo

professor

4

Qaypanov Maxmud Tengelovich

Qoraqalpog’iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisi, a’zo

-

5

Pirnazarov Qıyas Utemisovich

Nukus shahri veterinariya va chorvashilikni rivojlantirish bo’limi raisi, a’zo

-

6

Atanazarov Quralbay Mawlenovich

Oquv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, a’zo

B.i.k

7

Avezimbetov Shavkat Dosumbetovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, a’zo

V.i.k

8

Abdijaliyev Xamza Tursınbaevich

Yoshlar masalalari ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, a’zo

-

9

Shernazarov Arepbay Tolıbaevich

Ishlar boshqarmasi boshlig’i, a’zo

-

10

Eshmuratova Gozzal Yusupovna

Filial Kengash kotibi

-

11

Kaniyazov Amaniyaz

Janadilovich

Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti dekanı, a’zo


b.i.f.d.(PhD)

12

Ǵaniyev Aybek Yusipbaevich

Nukus veterinariya medicinası texnikum direktorı, a’zo

-

13

Bayımbetov Azatbay Berdibaevich


Tálim sıfati bo’limi boshlig’i, a’zo

-

14

Arziyev Xidir Yuldashevich

“Veterinariya medicinası va oz’q ovqat qavfsizligi” kafedra mudiri, a’zo


v.i.k

15

Mamatov Hurshid Abdirafiyevich

“Zooinjeneriya” kafedra mudiria’zo

a.x.i.b.f.d (PhD)

16

Xojalepesov Polat Zinatdinovich

“Ekonomika va gumanitar fanlar” kafedra mudiri, a’zo

e.i.d

17

Rzaev Raxat Muratbaevich

“Hayvonlar anatomiyası, fiziologiyası va biokimyosi” kafedra mudiri, a’zo


b.i.f.d.(PhD)

18

Qaniyazov Suxrap Joldasbaevich

O’quv metodik bo’lim bo’shlig’i, a’zo


-

19

Smailov Tórexan

      Dúysenbay ulı

Korrupciyaǵa qarsı gúresiw hám kompleans qadaǵalaw bólimi bas qánigesi

-

20

Samandarov Shonnazar Kanjaboevich

Monitoring hám ishki qadaǵalaw bólimi baslıǵı, aǵza

-

21

Dauletova Zamira Abdigapbarovna

Izlar masalalari bo’yicha director maslahatchisi


22

Kazaxbaeva Gulchexra Atabaevna

Jámiyetlik baslamada baslanǵısh kásiplik awqam baslıǵı, aǵza

-

23

Xojabergenov Berdax Paraxatovich

Jaslar awqamı baslanǵısh shólkemi jetekshisi, aǵza

-

24

Allamuratova Mexriban Begimbaevna


Psixolog, aǵza


-

25

Jumabaev Abdirasul Baxitovich


Student, Aǵza

-


фильмы бесплатно