SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Nomzodlik imtixonlari » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Nomzodlik imtixonlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYOSATININGQARORIMALAKAVIY IMTIHONLARNI O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA                                              

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2764-2]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-son “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori (ro‘yxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Rais A.T. YUSUPOV                      Toshkent sh.,2021-yil 31-mart,295/11-son




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/11-son qaroriga
ILOVA

Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.”.2. 4-banddagi “oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan so‘zlar “ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.3. 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari” degan so‘zlar “Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 
         (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/2764-2/0308-son)
фильмы бесплатно