Madaniy ma'rifiy tadbirlar
«Filial malikasi» tojiga kim munosib deb topildi?
2024 yilning 19-dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletovaning tashabbusi bilan «Filial malikasi» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir filial talaba-yoshlari o‘rtasida mahorat va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan.
Tanlovning ochilish marosimida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tanlov yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, ularning shaxsiy va professional rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan muhim tadbir bo‘lib, talaba qizlarning iste'dodini rivojlantirishga e'tiborni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.
«Filial malikasi» ko‘rik-tanlovi 3 asosiy shart bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bu shartlar talabalarning ijodiy faoliyatini baholash va ularning mahoratini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Tanlovda ishtirok etish orqali talabalar o‘z qobiliyatlarini muvaffaqiyatli namoyon etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-qizlarning ichki qobiliyatlarini kashf etish va ularni ijodiy faoliyatga jalb qilishdan iborat. Tanlov talabalarga o‘z salohiyatlarini rivojlantirish va ularni o‘qish va ish hayotidagi yangi ko‘nikmalarga ega qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, tadbir yoshlar orasida o‘zaro hamkorlik va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Tadbir yakunida 1-bosqich talabasi Bibinaz Orinbayeva mutloq g‘oliba bo‘lib, malika tojini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 1-bosqich talabalari Diana Janabayeva 2-o‘rinni, Nafisa Orazniyazova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 20-dekabr kni bo‘lib o‘tadi.


