Ijodkorlar bilan yoshlar o‘rtasida hayotiy fikr almashuv
2025-yil 26-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasі, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali adabiy tadbirga mezbonlik qildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shgan, shu bilan birga, yoshlarni ilhomlantirgan taniqli ijodkorlar-O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Qoraqalpog‘istonga mehnati singan madaniyat xodimi, shoira, A.Oteniyazova, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev, Qoraqalpog‘istonga mehnati singan jurnalist, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri Y.Ajimov ishtirok etdi.
Uchrashuvni filialning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov ochib berdi. U o‘zining so‘zida, bunday tadbirlarning yoshlarni ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishtirish, ular orasida madaniyat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, yoshlarni ma’naviy yuksaltirish va ularni ijodiy ishlar bilan tanishtirishning muhimligini aytib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda ijodkorlar o‘z faoliyatlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirning markaziy qismda ijodkorlarning qutlug‘60 va 70 yosh yubileylari ham alohida ta'kidlab o‘tildi. Ushbu yubileylar – o‘zining uzoq yillik ijodiy faoliyati bilan tanilgan ijodkorlar A.Oteniyazova va Y.Ajimov hayot yo‘llari va ijodiy mehnatlarini e’tirof etish imkoniyatiga aylandi. Ijodkorlarning o‘tkazgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari va ularning adabiyotga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi. Ularning mehnati, ayniqsa, yosh avlod uchun muhim o‘rnakdir.
Bundan tashqari, tadbir davomida ijodkorlar o‘z tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishishdi. A.Oteniyazova o‘zining jurnalistik faoliyatidan o‘rganilgan saboqlarni, shuningdek, jurnalistlik va shoiralikning murakkab jihatlarini yoritib berdi. Y.Ajimov esa bolalar adabiyoti va yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilishda ijodning o‘rni haqida so‘zlab berdi. Ular yoshlarning hayotiy tajribalariga e’tibor qaratib, o‘z ijodiy yo‘llarida qanday muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini tushuntirishdi. Tadbirda yoshlar tomonidan ijodkorlarga ko‘plab savollar berildi, ular o‘zining ijodiy yo‘li, tajribasi va maslahatlari bilan bo‘lishishdi. Ijodkorlar o‘zining yoshlar uchun qanday ko‘rsatmalar berishni, qaysi yo‘llar bilan muvaffaqiyatga erishishni tushuntirib, ularga ilhom berdi. Bu uchrashuv o‘zining ma’naviy va ilmiy jihatlari bilan yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida, ijodkorlar va yoshlar o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazildi, bu esa yoshlarning ijodiy o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu kabi adabiy tadbirlar talaba-yoshlarning fikrini shakllantirish va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi.
скачать dle 12.1