Talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali talaba-yoshlar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish bo‘yicha samarali profilaktika tadbirlarini amalga oshirmoqda. Ushbu tadbirlar talabalarning huquqiy ongini oshirish, ularni jinoyatchilikdan va salbiy holatlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan.
O‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlarining asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularga huquqiy bilimlarni oshirish va ijtimoiy mas'uliyat hissini shakllantirishdan iborat. Ushbu yo‘nalishda filialda doimiy ravishda mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida ma'ruzalar tashkil etiib borilmoqda.
Profilaktika tadbirlari doirasida, filialning huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda, profilaktika inspektori Kapitan Q.Qayipnazarov va Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov talaba-yoshlarga jinoyatchilik, huquqbuzarliklar, ularning oldini olish, shuningdek, huquqiy xatarlardan saqlanish bo‘yicha keng ma'lumotlar berishmoqda.
Ular talaba-yoshlarga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, u bilan bog‘liq huquqiy va ijtimoiy muammolar, shuningdek, huquqiy madaniyatni oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan aniq usullar haqida batafsil tushunchalar bermoqda.
Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar doirasida, talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Bu muammo nafaqat jinoyatchilikka, balki talaba-yoshlarning ijtimoiy faoliyatiga ham katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, talabalarga bu moddalarning zarari va ularning taraqqiyotga to‘sqinlik qiladigan xavflari haqida tushunchalar berilmoqda.
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha kiber xavfsizlik masalalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy yoshlar internetda har qanday ma'lumotga osonlik bilan kirishlari mumkin, shuning uchun ularga kiber xatarlardan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish va internetda xavfsizlik masalalari bo‘yicha savodxonlikni oshirish ham tadbirlarning muhim yo‘nalishidir.
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktika tadbirlari talabalarni nafaqat huquqiy savodxonlikni oshirish, balki ularning ijtimoiy hayotda munosib va mas'ul fuqarolar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishga qaratilgan. Bu tadbirlar talabalarning axloqiy va huquqiy ongini shakllantirish, ularni jinoyatchilik va salbiy ijtimoiy ta'sirlardan xabardor qilish orqali, ularning kelajakdagi faoliyatlariga ham ta'sir ko‘rsatadi.
скачать dle 12.1