Ijara xonadonlaridagi isitish tizimlarining holati o‘rganilmoqda
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib qizg‘in pallada olib borilmoqda. Avval xabar berganimizdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining ishchi guruh vakillari tomonidan ijara uylarda yashaydigan talabalarning holidan xabar olinib, isitish tizimlarining holati o‘rganilmoqda.
Guruh rahbarlari va tyutorlar mazkur ishga mas'uliyat bilan yondashgan holda talabalar ijarada turgan xonadonlarda bo‘lib, isitish tizimlari me'yorida ishlashini ko‘zdan kechirmoqda. —Har birimiz talabalar bilan muloqot olib borib, ularga isitish tizimining me'yorida ishlashini doimiy nazorat qilib borish muhim ahamiyat kasb etishi, bu masalaga befarq qaramaslik kerak ekanligi bo‘yicha keng tushunchalar berib bormoqdamiz.
Har bir xonadondagi isitish tizimlarining holati puxta o‘rganilmoqda, Shuningdek, ularning ota-onalari bilan ham bog‘lanib, vaziyat bo‘yicha ma'lumotlar bilan tanishtirib bormoqdamiz — deydi tyutor J.Mambetniyazov. O‘rganishlar davomida talaba-yoshlarga issiqlik tizmining barqaror ishlashini nazorat qilib borishlari, gaz va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Axborot xizmati скачать dle 12.1