Direktorining bayram tabrigi: 33 yoshing muborak jonajon O‘zbekistonim!
Aziz yurtdoshlar! Mana qalbimizni g‘urur-iftixorga to‘ldiradigan ayyomimiz ham eshik qoqib turibdi. Avvalambor, mustaqilligimizning 33 yillik tantanasiga barchamizni yana bir bor sog‘-salomatlikda yetkazganiga behisob shukronalar bo‘lsin! Darhaqiqat, mazkur bayram hammamiz intiqib, orziqib kutadigan eng ulug‘ va eng katta shodiyonamiz hisoblanadi. Shu qisqa fursatlar ichida davlatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar hamda o‘sish va yuksalishlarni guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Mustaqil O‘zbekiston yuksalish yo‘lidan bormoqda.
Birgina ta'lim sohasini olib qaraydigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar talaba yoshlar uchun keng imkoniyat eshiklarini ochib bermoqda. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar ta'limiga bo‘lgan bunday yuksak e'tibor albatta o‘zining samarali natijasini berishi aniq. Oliy ta'lim sohasi bo‘yicha so‘z ketar ekan shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, Muhtaram Prezidentimizning e'tibori bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlarga joriy yilda yana 10 ming qo‘shimcha kvotalar ajratilishi, ya'ni yoshlar uchun 6500 kvotadan tashqari to‘lov-kontrakt asosida 3500 qo‘shimcha kvota ajratilib, yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga talaba bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berilishi qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun, qolaversa, bizlar uchun katta motivatsiya berib, ta'lim sohasini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdagi mas'uliyatimizni yanada oshiradi.
O‘tgan yili ham Mamlakatimiz Rahbarining ezgu tashabbusi bilan minglab qoraqalpog‘istonlik yoshlarga talaba bo‘lishdek ulug‘ baxt tuhfa etilib, ularning ko‘zlari quvonchdan porlab, qalblari tom ma'noda minnatdorchilik va shukronalik hislari bilan to‘lgan edi. Muhtaram Prezidentimizning mana shunday g‘amxo‘rligi yo‘qorida ta'kidlab o‘tilgan so‘zlarimizning yoqqol isboti bo‘la oladi. Bizga ko‘rsatilgan bunday yuksak e'tibordan qalbimiz g‘urur va iftixorga to‘lib, taqdim etilayotgan qator imkoniyatlarlan unumli foydalangan holda yoshlarga munosib ta'lim berishga harakat qilamiz.
Jonkuyar professor-o‘qituvchilarimiz qanday shaklda bo‘lishidan qa'tiy nazar talabalarga yaxshi bilim berishga va zamon bilan teng qadam bosishga intilishadi. Mana shu ulug‘ bayramga yaqinlarimiz bilan birgalikda eson-omon yetkazganligining o‘zi bizga inom etilgan katta tuhfa deb o‘ylayman. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, filialimiz jamoasini va aziz talabalarni ulug‘ tantanamiz O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etaman! Yurtimiz tinchligiga ko‘z tegmasin! Osmonimiz har doim musaffo bo‘lsin! Har birimizning qalbimizda mudom tinchlik madhiyasi yangrab tursin. Ko‘chalarimiz bahtiyor odamlar bilan to‘lib-toshib, har bir onimiz shodu-hurramlikka boy bo‘lsin! Iloyim, mo‘tabar otaxon va onaxonlarimizning duolari ijobot bo‘lib, yuritimiz tinchligiga ko‘z tegmasin. Hammangizga sihat salomatlik tilab qolaman! Yaxshi kunlarda diydor ko‘rishish nasib etsin! Yana bir bor bayram muborak!
Hurmat bilan, filial direktori,
biologiya fanlari doktori, professor
Esimbetov Adilbay Tlepovich
скачать dle 12.1