Qo‘mita vakili talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdi
Ayni kunlarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining o‘quv binosi hududida talabalarni turar joy bilan ta'minlash maqsadida talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.Safarov filialga tashrifi doirasida may oyidan start olgan talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Davlat xususiy sherikchiligi asosida 400 o‘rinlik yotoqxona qurilishi amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda tadbirkorlik sub'ektlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, ishlar samarali olib borilmoqda. Qo‘mita vakili A.Safarov ob'ektda bo‘lib, qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Jarayon bo‘yicha filial direktori A.Esimbetov va tegishli mas'ullar bilan muloqot olib bordi.
— Qo‘mita rahbariyati filialda tahsil olayotgan talabalarni qayg‘uradi va ularga qulay sharoitlar yaratishga harakat qiladi— deydi A.Safarov — bunda nafaqat ularning sifatli ta'limi olishi, balkim, olis viloyatlardan va tumanlardan kelib bilim olishni maqsad qilganlarni turar joy bilan ta'minlash masalasiga ham befarq emas. Shu bois, mana shu ezgu tashabbusni ilgari surib, bilim olishga chanqoq yoshlarga quvonch ulashishni maqsad qildik.
Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida ishni vaqtida yakunlash va yaxshi sifatga alohida e'tibor qaratish, talaba-yoshlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Yangi qurilayotgan yotoqxona 6 qavatdan iborat bo‘lib, 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Barcha xonalar zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati скачать dle 12.1