SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIQozog‘istonlik professor talabalarga online ma'ruza o‘tdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Qozog‘istonlik professor talabalarga online ma'ruza o‘tdi
Qozog‘istonlik professor talabalarga online ma'ruza o‘tdi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining talaba-yoshlarigaQozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasining o‘qituvchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Serg‘ali Mirzaqulov online ma'ruza o‘tdi. «Qishloq xo‘jalik hayvonlariseleksiyasi» mavzusida olib borilgan ma'ruza davomida hayvonlarning genetik belgilari va ularni genetik jihatdan o‘rganish, ularni tartiblash, ma'lum yashash sharoitlariga va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘proq moslashgan hayvonlarni saqlab qolish,hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti, hayvonlar seleksiyasining genetik parametrlariga kiradigan ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi. Dars davomida talaba-yoshlarga mavzu doirasida atroflicha tushunchalar berildi.
—“Zooinjeneriya” kafedrasi va Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti bilan imzolangan memorandum asosida filialdagi o‘quv jarayoniga yetakchi mutaxassislarni jalb etish borasida hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Bugungi tashkil etilgan ma'ruza talabalarning nazariy bilimlari yanada mustahkamlanishida, va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishida xizmat qiladi deb o‘ylaymiz —deydi “Zooinjeneriya” kafedrasi mudiri X.Mamatov. Ma'ruza so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga online tarzda javob oldilar. Ma'lumot o‘rnida, bundan avval Serg‘ali Mirzaqulov filialga tashrif buyurib, talabalarga ofline tarzda dars o‘tgan edi.