Tayanch doktorantimiz veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasining tayanch doktoranti Kamalova Aynura Ilalatdinovna 2024 yilning 26 fevral kuni Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda professor S.Mavlonov rahbarligida “Zoologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston sharoitida qishloq xo‘jalik hayvonlarining ektoparazitlarini tarqalishi va oldini olish choralari” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu munosabat bilan butun filial jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizga ezgu tilaklarni yo‘llaymiz.
Kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shuni alohida ta'kidlash joizki, A.Kamalova Qoraqalpog‘istonda veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oladigan ilk ayollardan biri bo‘ladi. Shuningdek, filial tayanch doktorantlari orasida ham dissertatsiya ishini birinchilardan bo‘lib muvaffaqiyatli himoya qildi. Ayni paytda “Veterinariya meditsinasi va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasida 8 nafar tayanch doktorant tahsil olmoqda. Yaqin kunlarda yana 2 nafar doktorantning ilmiy ishini himoya qilishi kutilmoqda.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1