Filial direktori tomonidan xodimlarga umumxalq referendumining ahamiyati tushuntirildi
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi referendumiga sanoqli kunlar qoldi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumining ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi targ‘ibot tadbiri bugun filial direktori Adilbay Esimbetov rahbarligida tashkil etildi.
Ushbu tadbirda barcha bo‘lim xodimlariga, tyutorlarga hamda texnik xodimlarga yangilanayotgan Konstitusiyaning mazmun va mohiyati hamda referendum bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tildi. A.Esimbetov o‘z nutqida yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy voqelik – umumxalq referendumining ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada oliy ta'lim islohotlariga alohida e'tibor qaratilib, ushbu mavzu muhim masala sifatida muhirlanishiga alohida urg‘u berib o‘tdi. —Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasi bizning, sizning umuman olganda xalqimizning taqdirini belgilab beradigan muhim hujjat hisoblanadi. Shu bois, har bir fuqaro ushbu konstitusiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishi bilan birga, uni qalban chuqur his qilishi kerak —deydi A.Esimbetov— Filial jamoasi hamjihatlikda joylarda targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda. Bu esa o‘z o‘rnida ularning muhim siyosiy jarayonlarga befarq emas ekanligini bildiradi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitusiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlar va qo‘shimchalar va uning asosiy xususiyatlari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berib o‘tildi. Qizg‘in savol-javoblar olib borildi va ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi. Jumladan, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari S.Ganiev, Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi G.Eshmuratova hamda bino komendanti O.Qudekovlar so‘zga chiqib, barchani ushbu muhim jarayonga faol ishtirok etishga chorladi.
Muhimi, filial jamoasida bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi bo‘yicha zarur tushunchalar hosil bo‘ldi. Tadbir yakunida filial direktori A.Esimbetov yig‘ilganlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga faol ishtirok etishga chorlab, porloq kelajagimiz uchun ovoz berishini ta'kidlab o‘tdi.
скачать dle 12.1