Talabamiz Jahon kubogi musobaqasida kumush medal sohibasiga aylandi
Joriy yilning 12-16 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida o‘zbek jang san'ati bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 10 dan ortiq davlatlardan sportchilar tashrif buyurib, g‘oliblik uchun kurash olib borgan ushbu musobaqada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Veterinariya-sanitariya ekspertizasi yo‘nalishi 2-bosqich 215-guruh talabasi Serimbetova Kamilabanu Tenelbaevna ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medal sohibasiga aylandi.
Talabamiz Jahon kubogi bahslarida yakkalik bellashuvlarda munosib o‘rinni egallashi biz uchun chin ma'noda xushxabar bo‘ldi. Bugun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov, Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti dekani A.Kaniyazov va tyutor J.Mambetniyazovlar chempion qizimizni Nukus shahri markazidagi “Manej” sport kompleksi yonida qarshi olib, o‘zlarining samimiy tabriklarini bildirishdi.
—Talabamizning erishganushbu muvaffaqiyatini katta quvonch bilan qarshiladik. Bundan oldin Chimkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbek Jang San'ati” sport turi bo‘yicha Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egallagan edi. Sport sohasida yutuqlarga erishadigan talabalarimizning safi yanada kengayib borishini tilab qolamiz —deydi A.Kaniyazov.
Jahon kubogi musobaqasida kumush medal sohibasiga aylangan Kamilabanuni qizg‘in qutlaymiz va eng ezgu tilaklarimizni bildirib qolamiz. Iloyim, yutuqlar bardavom bo‘lsin, Kelgusi musobaqalarda ham g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilish nasib qilsin!
скачать dle 12.1