Beshta muhim tashabbus doirasida tanlovlar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti talabalari o’rtasida xotin-qizlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi G.Ehmuratovaning tashabbusi bilan tashkillashtirilgan «Qobiliyatli qizlar» ko’rik tanloviga start berildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan asosiy beshta muhim tashabbusning beshinchi tashabbusi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo’yicha filialimizning talaba qizlari o’zlarining oshpazlik mahorati va faolligini ko’rsata oldi. Ko’rik tanlovning birinchi sharti oshpazlik bo’yicha qoraqalpoq milliy taomi «Júweri gúrtik»ning tayyorlanish texnologiyasi bo’yicha bellashdi.Qizlarning ovqat tayyorlash mahoratini haqqoniy va adolatli baholash uchun «Mono markaz»ning oshxona oshpazlari hakamlik qildi.
Filial xotin-qizlar kengashi
скачать dle 12.1