QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR
Erning va suv akvatoriyalarning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:
– davlat qo‘riqxonalari;
– majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
– tabiat bog‘lari;
– davlat tabiat yodgorliklari;
– ayrim tabiiy ob’ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;
– muhofaza etiladigan landshaftlar;
– ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
– Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
2021-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3 million 457,8 ming gektarni tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganda, umumiy maydonning 74,9 foizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 18,6 foizi – Toshkent viloyati, 2,4 foizi – Qashqadaryo viloyati hamda 2 foizi – Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan, hozirga kelib respublikamizda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni kengaymoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 7 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga quyidagilar kiradi: 3 ta davlat qoʻriqxonasi, 3 ta milliy tabiat bogʻ, 1 ta biosfera rezervati kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy maydoni 16,6 mln gektarni tashkil etib, shundan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining 3,704 mln gektarni yoki respublika hududiga nisbatan 22,2 foiz.
Jumladan: Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 68,7 ming ga, "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi 628,3 ming ga, "Orol bo‘yi" milliy tabiat bog‘i 3,17 ming gektar, "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i 1447,1 ming ga, "Sudochye-Akpetki" davlat buyurtma qoʻriqxonasi 280,507 ming ga, "Orolqum" milliy tabiat bog‘i 1,0 million ga “Barsakelmes” davlat buyurtma qoʻriqxonasi 300 ming ga iborat.
Bu hududlarda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 102 turdagi umurtqali hayvonlar va 280 turdagi oʻsimliklar roʻyxatga olingan.
b.f.n. K.Atanazarov
скачать dle 12.1