SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Yuristkonsult » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
  • Telefon

    +998 61 224 71 09

  • E-mail

    samvminf@edu.uz

Yuristkonsult



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali yuristkonsulti 

Kannazarova Nazira Joldasbaevna



+998-91 388-94-44

yuristkonsult02@gmail.com 



     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq kuyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

–  universitetning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;

– universitet  tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

– universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida universitet bo‘limlari, fakultetlari  ishini muvofiqlashtirish;

– universitet xodimlari, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, universitetning  mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
фильмы бесплатно