SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Kitobxon talaba” tanlovi – mutolaa madaniyatini mustahkamlash sari muhim qadam » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Kitobxon talaba” tanlovi – mutolaa madaniyatini mustahkamlash sari muhim qadam
“Kitobxon talaba” tanlovi – mutolaa madaniyatini mustahkamlash sari muhim qadam
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Talabalar bahori” festivali doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday muhim tashabbuslardan biri – “Mutolaa” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovidir. Mazkur tanlov filial Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan tashkil etilib, talaba-yoshlar orasida kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish, shuningdek, erkin fikrlash va adabiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Tadbirni Axborot-resurs markazi boshlig‘i Z.Erlepesova ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishda bunday loyihalarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab o‘tdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan chuqur tahliliy fikrlar bildirdilar, asarlardagi ijtimoiy va badiiy mazmunni ochib bera oldilar. Baholash jarayonida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi, fikr bayon etish madaniyati va savol-javoblarga munosabatini e’tiborga oldi. Tanlov jarayoni odilona baholandi va har bir ishtirokchining bilim darajasi inobatga olindi. “Kitobxon talaba” tanlovi talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil mutolaaga undash va intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.