“Talabalar bahori” festivali doirasida “Munozara–debat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Talabalar bahori” festivali keng ko‘lamda va qizg‘in ruhda davom etmoqda. Festival doirasida talabalarining fikrlash madaniyatini, nutq mahorati va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Munozara–debat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu bellashuvda iqtidorli talabalar jamoalar shaklida ishtirok etib, turli ijtimoiy va dolzarb mavzularda bahslashdilar. Munozara jarayonida yoshlar o‘z fikrlarini dalillar bilan asoslash, muqobil nuqtai nazarni tahlil qilish, jamoaviy hamkorlikda yechim topish kabi muhim ko‘nikmalarni namoyon etdilar.
Bellashuv yakunida hakamlar tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari tahlil qilinib, eng dolzarb va asosli fikrlar alohida qayd etildi. Bunday tadbirlar talabalarining ijtimoiy faolligi, nutq madaniyati va fikrlash salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
скачать dle 12.1