Festival doirasida mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Talabalar bahori” an’anaviy festivaliga start berildi. Mazkur festival yoshlarning ilm-fan, innovatsiya va kreativ fikrlash salohiyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, intellektual va ijtimoiy loyihalarda ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Festival doirasida o‘tkazilgan muhim tadbirlardan biri — “Ta’lim tizimida – innovatsion muhit” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘ldi. Yoshlar yetakchisi B.Xojabergenov tadbirni olib bordi. Unda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, magistrantlar, shu jumladan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichiga yo‘llanma olgan iqtidor egalari o‘z ilmiy-innovatsion ishlanmalari va loyihalarini taqdim etdilar.
Konferensiya davomida ta’lim tizimini raqamlashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, interaktiv va kreativ yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z g‘oyalari orqali amaliyotga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalarni taklif etib, ularni hayotga tadbiq etish borasida qizg‘in bahs-munozaralar olib bordilar.
Mazkur konferensiya nafaqat yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi, balki ta’lim muhitida innovatsion fikrlashni mustahkamlashga, yosh avlodni ijodiy izlanishga undashga muhim turtki bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Talabalar bahori” festivali doirasida bunday tadbirlarning o‘tkazilishi nafaqat yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, balki ularni jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘lgan yetuk mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
скачать dle 12.1