SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida filialning 4 nafar talabasi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida filialning 4 nafar talabasi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida filialning 4 nafar talabasi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi
Avvalroq 7 nafar talabamiz “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 1-bosqich g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 15–18-aprel kunlari Nukus TexnoParkda mazkur tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga jami 825 nafar yosh onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tdi va ular orasidan 85 nafari saralab olinib, tanlovda bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Tanlov yakunida innovatsion g‘oyasi, taqdimot mahorati va ilmiy yondashuvi bilan ajralib turgan 20 nafar eng iqtidorli yosh ishtirokchi saralab olinib, ular O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma olish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Quvonarlisi, g‘oliblar orasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining 4 nafar iqtidorli talabasi ham bor. Ular quyidagi innovatsion loyihalar bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi: G‘ayratdin Umrzakov, magistratura 1-bosqich talabasi — “Sho‘rlangan maydonlarda adraspan o‘simligini yetishtirish” loyihasi bilan; Asadbek Boltaboev, 4-bosqich, Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi talabasi — “Oazis: cho‘ldagi jannat” loyihasi bilan; Mexribanu Aytmuratova, magistratura 1-bosqich talabasi — “Artemiya tsistasini innovatsion usulda ko‘paytirish va eksportini yo‘lga qo‘yish” loyihasi bilan; Bayram Kaliyev, 4-bosqich, Zooinjeneriya yo‘nalishi talabasi — “Smartfarm” loyihasi bilan. G‘olib talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz va ularga O‘zbekiston Respublikasi bosqichida ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!