“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ularning faolligini kuchaytirish maqsadida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Toreshova, ushbu partiyaning Nukus shahar Kengashi raisi B.Masharipova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hududiy boshqarmasi vakili N.Berdiniyazova, filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov ishtirok etdilar.
Tadbirda, shuningdek, filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ham faol qatnashdilar. Davra suhbatini filialning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliyev kirish so‘zi bilan ochib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, yosh avlodning bu illatga nisbatan murosasiz bo‘lishi zarurligi haqida so‘z yuritdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan korrupsiyaning huquqiy oqibatlari, unga qarshi kurashishda fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati, shuningdek, amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tib, ishtirokchilarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yanada teran tushuncha shakllantirishga xizmat qildi.
скачать dle 12.1