Nukus filialida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 400 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi qurilishi qizg‘in pallaga kirdi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mas’ul xodimlari obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida qo‘mita vakillarini filial direktori A.Esimbetov hamda ishlar boshqarmasi boshlig‘i v.v.b N.Babanazarov qurilish jarayoni bilan tanishtirdi. Ularning ma’lum qilishicha, obyekt 2025 yil oxiriga qadar to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu turar joy binosi umumiy 6 qavatdan iborat bo‘lib, talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Binoda yotoqxonalar, o‘quv-ishlash xonalari, dam olish maskanlari, kutubxona va sanitariya-gigiyena xonalari loyihalashtirilgan.
Hozirda binoning 3-qavati g‘isht terish usulida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari yuqori sifat talablariga javob beradigan tarzda va belgilangan muddatga muvofiq olib borilmoqda.
Qurilish jarayoni bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Bosh auditori Sh.Xolturaev hamda Moliya-iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi Q.Yunusov tanishdi. Ular obyektdagi ishlar holatini ko‘zdan kechirib, mutaxassislardan loyihaning borishi, texnik nazorat, mablag‘dan foydalanish samaradorligi bo‘yicha ma’lumotlar oldi.
Qo‘mita mas’ullari qurilish ishlariga ijobiy baho berib, loyihaning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarini berdi. Mazkur turar joy binosi talabalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
скачать dle 12.1