SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIDirektor kubogi sohiblari aniqlandi: Voleybol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Direktor kubogi sohiblari aniqlandi: Voleybol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Direktor kubogi sohiblari aniqlandi: Voleybol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
Yoshlar forumi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasi tashkil etilgan edi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan ushbu musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada talabalar va texnikum jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 1-o‘rin — Veterinariya jamoasi; 2-o‘rin — Zooinjeneriya yo‘nalishi jamoasi; 3-o‘rin — Nukus veterinariya texnikumi o‘quvchilari jamoasi G‘olib jamoalarga tantanali tarzda filial direktori A.Esimbetov tomonidan direktor kubogi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildirilib, faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar taqdim etildi. Mazkur sport musobaqasi yoshlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish, salohiyatli sportchilarni kashf etish va filialda sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.