“Ilhom” mukofoti tanlovi e’loni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov shartlari:
Tanlov har yili shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkaziladi.
Tanlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: dastlabki saralash, asosiy va yakuniy bosqichlar.
Har bir bosqich shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – 100 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
2-o‘rin – 80 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
3-o‘rin – 40 BHM miqdorida pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.
Muhim sanalar:
Qo‘shimcha ma’lumot:
Tanlovning barcha bosqichlari “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida yuqori saviyada tashkil etiladi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi ham haftalik doirasida o‘tkaziladi.
Tanlov materiallari va yangiliklari oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinib boriladi.
Ijodkor yoshlar, ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning va o‘z iste’dodingizni namoyon eting!
скачать dle 12.1