Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tabrik
Hurmatli hamkasblar, aziz do‘stlar!
Sizlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Konstitusiya – har bir davlatning huquqiy tayanchi, mustaqillik ramzi va xalqning erkin irodasini ifoda etuvchi asosiy hujjatdir. 1993 yil 9 aprel kuni qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiya ham ana shunday tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘tgan 32 yil davomida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon hayoti va barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim o‘rin egallab kelmoqda.
Konstitusiyamiz xalqning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini kafolatlovchi, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptiruvchi me'yoriy asos sifatida xizmat qilmoqda. Unda har bir fuqaroning sha'ni, qadr-qimmati va manfaatlari oliy qadriyat sifatida belgilangan.
Bu tarixiy sana munosabati bilan, yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida mehnat qilayotgan barcha soha vakillariga minnatdorchilik izhor etaman.
Har birimiz uchun Vatanimiz taqdiri, uning kelajagi aziz va muqaddas. Konstitusiya ruhini chuqur anglab, unda belgilangan huquq va majburiyatlarga sodiq qolgan holda, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida astoydil mehnat qilishimiz bejiz emas.
Shu ulug‘ bayram kunida sizlarga va oilalaringizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va har tomonlama barakali hayot tilayman.
Konstitusiyamiz ruhidagi adolat, tenglik va birdamlik tamoyillari hayotimizda o‘z ifodasini topaversin!
Hurmat bilan, filial direktori, professor
Esimbetov Adilbay Tlepovich
скачать dle 12.1