Yoshlar forumi doirasida maktab o‘quvchilariga kitoblar tuhfa qilindi
O‘zbekiston yoshlariningma’naviy va intellektualsalohiyatini oshirish,ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishmaqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri – Respublika yoshlar forumi doirasida amalga oshirilgan navbatdagi tadbir bo‘ldi. Mo‘ynoq tumanidagi 2-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda uning Nukus va Toshkent filiallari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga turli fanlar bo‘yicha ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlardan iborat qimmatli kitoblar tuhfa qilindi. Mazkur kitoblar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni ilmga mehr qo‘yishga undash, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlariga xizmat qiladi.
Rahbarlar o‘quvchilar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Unda ular o‘z hayotiy tajribalari, tanlagan kasblari, hayotda maqsadga erishish uchun intilish va mehnatning o‘rni haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, o‘quvchilarning orzu-umidlari, qiziqishlari bilan qiziqib, ularni qo‘llab-quvvatlovchi motivatsion fikr-mulohazalar bildirildi.
Bu kabi uchrashuvlar nafaqat yosh avlodni rag‘batlantirish, balki ularni kelajak kasbiga ongli tarzda yondashishga, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishga va ularni amalga oshirish yo‘lida izlanishga chorlaydi. Tashkil etilgan tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan bu kabi tashabbuslar yosh avlodni ilmga, kitobxonlikka jalb etishda, ularning ma’naviy yuksalishiga xizmat qilayotgan muhim qadamlardan biridir.








скачать dle 12.1