Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
2025-yil 4-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy asoslarini mustahkamlash va konstitusiyaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Tadbirni filial direktori, professor A.Esimbetov ochib, Konstitusiya davlat mustaqilligi va huquqiy taraqqiyotining asosi ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitusiyasi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutishini qayd etdi.
Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A.Jumanazarov, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Otebaev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Nazarbaev ishtirok etdilar. Ular o‘z nutqlarida Konstitusiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, davlat boshqaruvi va inson huquqlarini ta’minlashdagi roli haqida so‘z yuritib, yosh avlodni konstitusiyaviy bilimlarga ega bo‘lishga va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga chaqirdilar.
Tadbir davomida Konstitusiyaning qabul qilinishi tarixiga oid ma’lumotlar berilib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimidagi yangiliklar hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar Konstitusiyaning har bir fuqaro hayotidagi ahamiyatini yana bir bor ta’kidlab, uning qadriyatlarini hurmat qilish va amaliyotga tadbiq etish muhimligini ta’kidladilar.





скачать dle 12.1