Yoshlar Forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida nufuzli tadbirlaridan biri – Respublika Yoshlar Forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ilm-fan, tadbirkorlik va innovatsiyalar sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Tantanali marosimni filial direktori, professor A.Esimbetov ochib berdi. Tadbirda shuningdek, hurmatli mehmonlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Otemuratov, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Akbarov, Qo‘mitaning Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.Safarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov ishtirok etishdi.
Nutq so‘zlagan mehmonlar forumning ahamiyati va maqsadlari haqida fikr yuritib, ushbu tadbir yoshlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishini, ularning bilim va iste’dodlarini namoyish etishiga mustahkam zamin yaratishini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Shuningdek, forum ishtirokchilariga muvaffaqiyat va yutuqlar tilab, ularning kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini istashdi.Forum davomida yoshlar fan olimpiadalari, turli tanlovlar va sport musobaqalarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari, startap dasturlari, master-klasslar va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Respublika Yoshlar Forumi yosh avlodning bilim olish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishi yo‘lida ulkan maydon bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu forum nafaqat bilim almashish, balki yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta’minlash uchun katta turtki bo‘lishiga ishonch bildirildi.








скачать dle 12.1