SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIRespublika Yoshlar Forumi Tantana Bilan Boshlanmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Respublika Yoshlar Forumi Tantana Bilan Boshlanmoqda
Respublika Yoshlar Forumi Tantana Bilan Boshlanmoqda
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida katta hayajon va ko‘tarinki kayfiyat hukm surmoqda. 2-4-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Respublika yoshlar forumi doirasida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar shahrimizga yetib kelishdi. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar hamda yosh mutaxassislar katta ehtirom bilan kutib olindi. Forum ishtirokchilari dastlab milliy an’analarimizga hurmat bajo keltirgan holda sumalak saylida ishtirok etishdi.
Ezgu niyatlar bilan sumalak kavlab, yurtimiz tinch va osuda bo‘lishi, yoshlar forumi yuqori saviyada va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishi tilab qolindi. Shu tariqa forum doirasida qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z ayyomi ham o‘zgacha shukuh bilan nishonlandi. Yoshlar uchun maxsus tashkil etilgan konsert dasturi esa tadbirga yanada fayz baxsh etdi.
Yoshlar forum doirasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi hamda turli tanlovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi. Mazkur forum mamlakatimiz yoshlarining ilmiy va kasbiy rivojiga o‘ziga xos turtki beradigan muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Tadbir davomida yoshlar o‘z bilim va tajribalarini oshirish, yangi g‘oyalar bilan bo‘lishish hamda o‘z sohalari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hurmatli mehmonlar, sizlarni mehmondo‘st Qoraqalpog‘iston zaminida chin dildan qutlaymiz! Xush kelibsiz!