Talabalar huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan sayyor qabul
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Q. Utambetov rahbarligida sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbir talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va mas'uliyatini yanada yuksaltirishga qaratildi.
Uchrashuvda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ochiq muloqot olib borildi. Sayyor qabul davomida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatining tamoyillari, jamoat xavfsizligi hamda yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar bo‘yicha mutaxassislardan bevosita javob olishdi.
Sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda ularni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, huquqiy maslahatlar berildi. Mazkur uchrashuv nafaqat talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, balki ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, o‘z haq-huquqlarini anglash va mas’uliyatni his qilishga ko‘maklashishga xizmat qildi. Yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish bo‘yicha bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.
скачать dle 12.1