Direktor va yoshlar uchrashuvi: Kelajakka dadil qadam
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida direktor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida filial direktori, professor A.Esimbetov bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning kelajak rejalari, ilmiy izlanishlari va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissalari haqida suhbat olib bordi.
Filial direktori A.Esimbetov yoshlarni motivatsiya berib, ularga quyidagi fikrlarni bildirdi: "Bugungi kunda ilm va texnologiya yuksak cho‘qqilarga erishmoqda. Siz – bizning kelajagimiz, ilm-fan rivojiga turtki beruvchi ijodkor avlodsiz. O‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘ying, qiyinchiliklardan qo‘rqmang va har bir imkoniyatdan unumli foydalaning. Haqiqiy muvaffaqiyat faqat mashaqqatli mehnat va qat’iyat bilan keladi. Agar siz o‘zingizga ishonsangiz va oldinga dadil qadam tashlasangiz, hech qanday to‘siq sizni to‘xtata olmaydi. Ilmga chanqoq bo‘ling, o‘rganishdan hech qachon charchamang!"
Tadbir davomida talabalarning fikrlari tinglanib, ularning kelajak rejalariga oid qimmatli tavsiyalar berildi. Talabalar ham o‘z orzulari va kelajakdagi rejalari haqida so‘z yuritib, ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar bunday muloqotning ularning ilmga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirganini va motivatsiya berganini ta’kidlashdi. Tadbir yakunida A.Esimbetov: "Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda, doimo oldinga intiling va muvaffaqiyat sizning izmingizda bo‘ladi!" — deya talabalarni ilhomlantirdi. Mazkur uchrashuv talabalarga yangi g‘oyalar, motivatsiya va ishonch bag‘ishlab, ularning intilishlarini yanada mustahkamladi.
скачать dle 12.1