5 nafar talabamiz “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 1-bosqich g‘olibiga aylandi
2022 yildan boshlab har yili o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 1-bosqichida, tuman (shahar)larda o‘tkazilgan musobaqada, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialidan 22 nafar talabamiz ishtirok etdi. Tanlovning navbatdagi bosqichida, talabalarning jonli ishtirokini ta'kidlab o‘tish lozimki, ular orasidan bir nechta talabalarimiz g‘olib bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.
G‘olib talabalarimiz:
G‘ayratdin Umrzakov, Magistraturaning 1-bosqich talabasi, Kegeyli tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.
Allamuratova Mexribanu, Magistraturaning 1-bosqich talabasi, Qanliko‘l tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.
Gulsara Sarsenbaeva, Magistraturaning 1-bosqich talabasi, Taxtako‘pir tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.
Asadbek Boltaboev, 4-bosqich Veterinariya medisinasi yo‘nalishi talabasi, To‘rtko‘l tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.
Bayram Kaliev, 4-bosqich «Zooinjeneriya» yo‘nalishi talabasi, Bo‘zatov tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.
Kamila Allashova, 4-bosqich «Zooinjeneriya» yo‘nalishi talabasi, Qorao'zak tumani bosqichining g‘olibi bo‘ldi.G‘oliblarga sertifikatlar topshirilib, ular o‘zlarining fidoyi mehnati va intilishlari orqali keyingi bosqichda o‘zaro raqobatlashishga haqqoniy yo‘llanma olishdi.
Bizning talabalarimizning muvaffaqiyatlari – bu filialimizning bilim va mahoratga bo‘lgan yuksak e'tiborining natijasi. Ularning har biri o‘z sohasida bilimli va yetuk mutaxassis bo‘lish yo‘lida katta qadamlar qo‘yganligini namoyish etmoqda. Ular o‘z g‘alabalariga erishishda nafaqat o‘zlarini, balki butun universitetimizni faxrlantirdilar.
Yangi bosqichlar uchun yanada muvaffaqiyatlar, yorqin zafarlarga erishishingizni tilaymiz. Har biringizning bilim va mehnatingiz samarasini ko‘rib, yanada yuksak cho‘qqilarga erishasiz!
Zafarlar davom etaversin!
скачать dle 12.1