"Yashil Makon" umummilliy loyihasi doirasida Jizzaxda ko‘chat ekish marafoniga start berildi
Bugun, 2025 yil 15 martda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Ziyolilar bog‘i"da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi. Tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham faol ishtirok etdilar va "Ziyolilar bog‘i" hududida ko‘chat ekish ishlarida birlashdilar.
Jizzaxda amalga oshirilgan ushbu marafon nafaqat ekologik holatni yaxshilash, balki yoshlarni tabiatni asrash va ekologik madaniyatni rivojlantirishga bo‘lgan mas’uliyatga jalb qilish maqsadida katta ahamiyatga ega. Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A. Esimbetov "Yashil makon" loyihasi faqat bir marafon yoki ekologik tadbir emas.
Bu loyiha, yoshlarni atrof-muhitni himoya qilishga jalb etish, ekologik ongni shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan uzoq muddatli tashabbusdir. Bizning kelajagimizni yashil va sog‘lom muhitda qurish, har birimizning mas’uliyatimizdir. Biz, Nukus filiali jamoasi sifatida, bu muhim ishda faol qatnashishni o‘zimizning burchimiz deb bilamiz. Loyihaning barcha ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirar ekanmiz, kelajakda yana ko‘plab bunday tadbirlarda birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutamiz”- deya ta'kidladi.
Ekilgan daraxtlar nafaqat bugungi kunning, balki kelajak avlodning ham ijobiy ta’siriga aylanishi shubhasiz. "Yashil makon" loyihasi, barchani birlashtirgan va jamiyatimizni yanada obod va ekologik toza qilishga qaratilgan ajoyib tashabbusdir. Har bir ishtirokchi, bu loyihaning bir qismi bo‘lib, ekologik madaniyatni oshirishda, yashil hududlarni kengaytirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu ezgu maqsadni amalga oshirishda davom etish, bizning hamjihatligimiz va birdamligimizni yanada kuchaytiradi.
скачать dle 12.1