Talabalarga siyosiy-ma'rifat soati o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlar uchun “Siyosiy-ma'rifat soati” tashkil etildi. Mazkur tadbirda «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani, A.Kaniyazov tomonidan O‘zbekistonning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Ma’rifat darsida talabalarga 2025-yil 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu yig‘ilishda mamlakat rahbari qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va turli mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar haqida so‘zlab o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi yangi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muhim bitim imzolandi.
Ushbu bitim doirasida, O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu universitet O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzoladilar. Bu hamkorlik, o‘quvchilar va ilm-fan sohasidagi mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytiradi.
Tadbir yakunida, A.Kaniyazov yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan tanishtirib, talabalarni faol fuqarolik pozitsiyasiga chaqirdi. Siyosiy-ma'rifat soati yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga, ularni mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqealar haqida xabardor qilishga qaratilgan muhim tadbirlardan biridir. Bu kabi darslar talabalarning nafaqat ilmiy, balki siyosiy va ijtimoiy sohada ham yetuk shaxslar bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadi.



Axborot xizmatiскачать dle 12.1