Butunjahon iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan uchrashuv
12-mart kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 15-mart Butunjahon iste'molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda moliyaviy savodxonlik mavzusi muhokama qilindi. Uchrashuvda filial rahbariyati, Qoraqalpog‘iston raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi A.Aybergenov, Qoraqalpog‘iston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori M.Mustafayev, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Filial direktori A.Esimbetov uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirning asosiy maqsadi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlikni oshirish edi. Ushbu kunning ahamiyati, ayniqsa, talabalar uchun katta. Chunki moliyaviy savodxonlikni yuqori darajada egallash ularning kelajakda iqtisodiy qarorlar qabul qilishda to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Mutaxassislar moliyaviy erkinlikka erishish uchun zarur bilimlarga ega bo‘lishning ahamiyatini ta'kidlashdi.
A.Aybergenov va M.Mustafayev o‘z nutqlarida, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslarini, shuningdek, moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar bo‘yicha to‘g‘ri tanlov qilishni tushuntirishdi. Iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, raqobatni rivojlantirish jamiyatning barqaror rivojlanishiga yordam beradi, deya ta’kidlandi.
Talabalar ham o‘z fikrlarini bildirib, moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan dasturlarni yanada takomillashtirish va bu borada o‘zaro tajriba almashishni ko‘proq tashkil etish kerakligini bildirishdi. Tadbir oxirida, ishtirokchilar o‘zlarining moliyaviy bilimi va huquqlarni himoya qilish borasida yangi ko‘nikmalarni olishganini ta’kidlashdi.
Shu tarzda, ushbu uchrashuvda olingan bilimlar nafaqat talabalar uchun, balki butun jamoa uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki bugungi kunda moliyaviy savodxonlik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatning barqaror rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi.
скачать dle 12.1