Butunjahon yovvoyi tabiat kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Butunjahon yovvoyi tabiat kuni munosabati bilan «Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti "Hayvonot dunyosi ekologiyasi" laboratoriyasi xodimi K.Dovilbayeva, "Saygachiy" kompleks landshaft qo'riqxonasi xodimi A.Xojaniyazov, birinchi darajali inspektor Q.Saparov, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo'riqxonasining birinchi darajali inspektori M.Kamalov va T.Mamirtayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Paluaniyazov, hamda ushbu kafedra mudiri R.Rzayev, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) V.Toreniyaova va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir boshida kafedra mudiri R.Rzayev so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyatiga to‘xtalib, ekologiyaning va hayvonot dunyosining muhofazasini ta’minlashdagi o‘rinlari haqida gapirib o‘tdilar. Ular, shuningdek, talaba-yoshlarni ekologik mas'uliyatga chaqirdi va yovvoyi tabiatni muhofaza qilishda ularning faol ishtirokini ta'kidladilar. Tadbir davomida ekologik muhofazaga oid ko‘plab muhim mavzular ko‘rib chiqildi. K.Dovilbayeva o‘z chiqishida hayvonot dunyosi ekologiyasini saqlash, yovvoyi hayvonlarning mavjudligini ta'minlashda ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini alohida ta'kidladi. A.Xojaniyazov esa landshaft qo'riqxonalari va ularning yovvoyi tabiatni saqlashdagi roli haqida ma'ruzalar qildi.Yoshlar uchun ayniqsa qiziqarli bo‘lgan bu tadbirda, hayvonlarni muhofaza qilishda davlat buyurtma qo'riqxonalari va inspektorlar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ham muhokama qilindi. M.Kamalov va T.Mamirtayev o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ekologik muhofaza ishlari borasidagi amaliy yondashuvlarni tushuntirdilar.
Tadbir yakunida, yoshlar ekologiya va hayvonot dunyosining muhofazasiga oid o‘z savollarini berib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi. Tadbirning asosiy maqsadi, yoshlarni ekologik ma'lumotlar bilan ta'minlash, ular orasida ekologik madaniyatni shakllantirish va yovvoyi tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan mas'uliyatni oshirishdan iborat edi.
Ushbu tadbir talaba-yoshlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi, ular nafaqat ekologik bilimlarini oshirishdi, balki amaliy jihatdan ham yovvoyi tabiatni saqlash borasida zarur bilimlarni egalladilar. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Palwaniyazov va kafedra mudiri R.Rzayevning o‘z chiqishlarida ekologiyaning o‘rni va yoshlarning bu boradagi faolligi haqidagi fikrlarini bildirganlari tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishiga asos bo‘ldi. Shunday qilib, filialda tashkil etilgan tadbir, ekologik ongni rivojlantirish, yovvoyi tabiatni saqlash va yoshlarni bu sohada faol ishtirok etishga undashda muhim qadam bo‘ldi.
скачать dle 12.1