Mahmudxo‘ja Behbudiy 150 yilligi: Yoshlar insholar tanlovi orqali uning merosini o‘rganadi
Mahmudxo‘ja Behbudiy — Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib, jamoat arbobi, noshir va pedagog, o‘z zamonining yorqin yetakchilaridan biri. Uning tavalludining 150 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston bo‘ylab turli tadbirlar va bayramlar o‘tkazilmoqda. Bu yilgi tadbirlar, ayniqsa, yosh avlodni Behbudiy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan. Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida ham, ushbu muhim sana keng nishonlanmoqda.
Filialda tashkil etilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovi, yoshlarni bu buyuk insonning hayoti va ijodiga oid bilimlarni o‘rganishga va o‘z fikrlarini erkin ifodalashga undashni maqsad qilgan. Tadbir boshida, “Veterinariya va zooinjeneriya” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va faoliyati haqida so‘zlab berdi.
U o‘z nutqida Behbudiyning Turkistonning ma'rifatparvarlik yo‘lidagi alohida o‘rni va uning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Insholar tanlovida bir qator iste’dodli talaba-yoshlar ishtirok etishib, o‘z g‘oyalarini aniq va ravon tarzda ifodalashga harakat qildilar. Ular, Behbudiyning o‘zi asos solgan ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohasidagi islohotlarga alohida e'tibor qaratdilar. Yoshlarning iqtidorini rivojlantirish va ularni ma'rifatga undash, bu kabi tadbirlarning asosiy maqsadlaridan biridir.
Filialda shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlash uchun yana bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. Munozara debat bellashuvlari va kitobxonlik kechalari kabi tadbirlar yoshlarni o‘z fikrlarini ochiq bildirishga, adabiyot va ilmga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan. Ushbu tadbirlar orqali, yoshlar Behbudiy kabi yirik shaxslarning merosini o‘rganib, o‘zlarining intellektual va ijtimoiy salohiyatlarini oshiradilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrida ma'rifatparvarlik, adabiyot va ta’lim sohasidagi islohotlarga katta hissa qo‘shgan, va uning merosi bugungi yoshlar uchun hamda jamiyat uchun juda qadrli. Bu kabi tadbirlar esa, uning buzg‘unchilikka qarshi kurashgan, ilm-fan va ma’rifatni targ‘ib qilgan faoliyatini eslab, yoshlarni uning ideal va g‘oyalariga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, filialda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar orasida Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilm-fan, ma'rifat va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi ulkan xizmatlarini yanada kengroq targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
скачать dle 12.1