Xotin-qizlarga bayram sovg‘asi: Voleybol musobaqasida g‘alaba va do‘stlik
Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan, Filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan sportning voleybol turidan musobaqa tashkil etildi. Bayram arafasida ayol va qizlarga xushkayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazilgan ushbu musobaqa qiziqarli va motivatsion tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy maqsadi, nafaqat sportni rivojlantirish, balki xotin-qizlar kunini nishonlash, ularning faoliyatini va jamiyatdagi o‘rnini e'zozlash edi. Tadbir boshida filial direktori A.Esimbetov barcha ishtirokchilarni 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, musobaqaga start berdi. U o‘z nutqida jamoalarga muvaffaqiyatlar tilab, zafar va g‘alabalar yo‘lida ularga omad tiladi. Direktor, shuningdek, ushbu tadbirning ahamiyatini ta’kidladi va sportning birlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi ro‘lini alohida e’tirof etdi.
Tadbirda ishtirok etgan jamoalar sportni sevgan va ushbu bayramda ko‘proq bir-biriga yordam berish va yaxshiliklar ulashishni maqsad qilgan edilar.
Musobaqada ishtirok etgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, o‘zlarining sportdagi salohiyatlarini namoyish etdilar. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 3-o‘rinni xodimlardan tashkil topgan «Liderlar» jamoasi egalladi. 2-o‘rinni esa professor-o‘qituvchilardan tuzilgan «Zukkolar» jamoasi qo‘lga kiritdi. Mutloq g‘oliblikni esa texnik xodimlardan iborat «Do‘stlik» jamoasi qo‘lga kiritdi. Bayram dasturida musobaqaning g‘oliblari taqdirlandi. Ular uchun esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi. Musobaqada qatnashgan har bir ishtirokchi o‘zining mehr-muhabbat va do‘stlikni, hamkorlikni qanday qadrlashini ko‘rsatdi. Bu musobaqa, nafaqat sportga qiziqish uyg‘otdi, balki ayollar va qizlarga bo‘lgan hurmatni namoyon etdi.
8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni har yili o‘tkaziladigan bunday tadbirlar orqali, ayollarga bo‘lgan e'tibor va qadrlash ko‘rsatib boriladi. Filialda tashkil etilgan bu musobaqa, o‘z navbatida, talaba va xodimlar o‘rtasida yaxshi kayfiyat va do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Shunday qilib, bayramning maqsadi nafaqat ayollarni tabriklash, balki jamiyatda ularning o‘rnini e'zozlash, ularni ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashdir. Bu kabi tadbirlar, xotin-qizlarni rag‘batlantirib, jamiyatda ular o‘ynaydigan faol ro‘lni yanada mustahkamlashga yordam beradi.









Axborot xizmatiскачать dle 12.1